Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi

0

Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi. Мирзо Улуғбек / Мирзо Улугбек ва унинг академияси. Мирзо Улуғбекнинг ёшлик йиллари.


Mirzo Ulug‘bekning yoshlik yillari

Mirzo Ulugbekning yoshlik yillari. XIV—XV asrlar Vatanimiz ilm-fani va madaniyati taraqqiyotida oltin asr sanaladi. Bu davrda yashab, ijod etgan buyuk alloma bobolarimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotini yanada yuksaklikka ko‘tardilar.

Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bek

Bu yuksaklik, o‘z navbatida, Yevropada ham ilm-fan va madaniyatning yuksalishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Bu hodisa buyuk bobolarimiz Amir Temur va uning nabirasi Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan hamda madaniyat ta­raqqiyotiga ko‘rsatgan beqiyos e’tiborlari va homiyliklari natijasi edi.

Mirzo Ulug‘bekning otasi Amir Te- muming to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzodir. Ulug‘bek 1394-yilda tug‘ildi. Amir Temur bu xushxabarni eshitgach, nabirasiga Muhammad Tarag‘ay deb o‘z otasining ismini qo‘ydi. Munajjimlar uning kelgusida katta olim va buyuk hukmdor bo‘lishini ba- shorat qildilar.

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi

Shu tufayli Amir Temur toleyi ulug‘ nabirasini Ulug‘bek deb ham atay boshladi. Ulug‘bek Movaroumiahrda 40 yil hukmronlik qildi. O‘z davrining ilm-fani sirlarini o‘rga- nishida mashhur matematik va astronom allomalar Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy unga ustozlik qildilar. Bu esa Ulug‘bekning kelgusida buyuk astronom va matematik bo‘lib yetishishini belgilab berdi.


Mirzo Ulug‘bek buyuk alloma

Ulug‘bek buyuk alloma (Мирзо Улуғбек буюк аллома). Ulug‘bek ilm-fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan alloma. Ularga oid qator asarlar ham yozib qoldirdi. Biroq ilm-fanda u, avvalo, buyuk astronom sifatida mashhur boTdi. Ulug‘bek osmon jismlarini kuzatish maqsadida rasadxona qurdirdi.

Rasadxona ichiga o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy sayyoralari va yulduzlar holati o‘rganildi. Rasadxonada olib boril- gan kuzatishlari natijasida «Ulug‘bek ziji» deb ham ataladigan dunyoga mashhur asarini yozdi. Asarda 1018 ta yulduzning o‘rni va holati sharhlab berildi.

Ulug‘bek tarix faniga oid «To‘rt ulus tarixi» asarini ham yozib qoldirdi.


Mirzo Ulug‘bek akademiyasi

Ulug‘bek akademiyasi (Мирзо Улугбек академияси). Ulug‘bek Samarqandda qurdirgan madrasa- rasadxona bilan birgalikda «Ulug‘bek akademiyasi» nomi bilan ham tarixga kirdi. Bu Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilganidan oradan to‘rt asrdan ko‘proq vaqt o‘tgach yurtimizda tashkil etilgan ikkinchi akademiya boTdi.

Buni o‘qing!

…Amir Temurning o‘rniga taxtga o‘tirgan mashhur Ulug‘bek Samar­qandda… akademiyaga asos soldi.

Volter, XVIII asrda yashab ijod qilgan Fransiya olimi.

Ulug‘bek o‘sha davrning ko‘plab iste’dodli olimlarini akademiya- ga to‘pladi. Ularning ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berdi.

Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy va shogirdi All Qushchilar akademiyaning eng mashhur olimlari edilar.

Diqqat bilan o‘qing!

«Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk allomadir».

B. Ahmedov, o‘zbek tarixchi olimi.


O‘zingizni sinang

  • … Ulug‘bekka ustozlik qilishgan.
  • Ulug‘bekdan tarixga oid … nomli asar qolgan.

Mirzo Ulug‘bek ilm-fan homiysi

Ulug‘bek ilm-fan homiysi (Мирзо Улуғбек илм-фан ҳомийси). Ulug‘bek faqat davlat ishlari va ijod bilan shug‘ullanib qolmadi. U ayni paytda ilm-fan ravnaqiga homiylik ham qildi.

Buxoro, Samarqand va G‘ijduvon shaharlarida 3 ta madrasa barpo ettirgani buning yorqin dalilidir.

Samarqand madrasasida talabalarga asosiy ma’ruzalarni Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Koshiy va Ali Qushchilar o‘qishdi. Buxoroda qurilgan madrasa eshigi tabaqalariga «Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir» degan ibora o‘yib yozilgan edi. Ulug‘bek bu madrasaga tashrif chog‘ida talabalarga in’omlar tarqatgan.


Mirzo Ulug‘bek tavalludining nishonlanishi

Ulug‘bek tavalludining nishonlanishi (Мирзо Улуғбек таваллудининг нишонланиши). 1994-yilda yurtimizda va xalqaro miqyosda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi nishonlandi. Samarqanddagi tantanalarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi va nutq so‘zladi.

Prezidentimiz o‘z nutqida Ulug‘bekni «Sharqning yorqin yulduzi» deb atadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2009-yilni Ulug‘bek sharafiga «Xalqaro astronomiya yili» deb e’lon qilganligi esa Ulug‘bek buyuk xizmatlarining yana bir e’tirofl bo‘ldi.

Diqqat bilan o‘qing!

Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yilda nashr qilingan «Selenografiya» nomli kitobida yozilishicha Oydagi kraterlardan ikkitasi Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan atagan.


O‘zingizni sinang

  • Vatanimizda tashkil etilgan birinchi akademiya — .
  • Vatanimizda tashkil etilgan ikkinchi akademiya — … .

Savol va topshiriqlar

  1. Mirzo Ulug’bekning yoshlik yillari haqida nimalarni bilib oldingiz?
  2. Ulug‘bek tomonidan bitilgan mashhur asarlaming nomlarini qayd eting.
  3. Ulug‘bek akademiyasi va Xorazm Maтип akademiyasi faoliyatini taqqoslang. 0‘xshash va farq qiluvchi jihatlarini aniqlang.
  4. Ulug’bekning ilm-fan homiysi bo’lganligini dalillar bilan asoslab bering.
  5. Ulug’bek tavalludining 600 yilligi yurtimizda va dunyo miqyosida nishonlanishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Previous articleShirkat (huquq) nima? Ширкат (ҳуқуқ) нима?
Next articleYurt obodonchiligi, adabiyot va san’at