Asosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi

0

 Asosli tuzlar – tarkibida metall atomi, gidroksid guruhi va kislota qoldig‘i saqlagan murakkab moddalar. Gidrokso-tuzlarni nomlashda avval metall nomi aytilib, «Gidrokso» so‘zi qo‘shiladi, so‘ngra kislota nomi aytiladi.  Masalan: (CuOH)2CO3, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Br, Cr(OH)2NO3,          Mn(OH)Cl, [Fe(OH)2]2SO4, Cr(OH)(CH3COO)2, Al(OH)SO3 va h.k. Asosli tuzlarni nomlash: metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga molekulada bitta gidroksid guruhi bo‘lsa ―gidrkosi so‘zi, ikkita gidroksid guruhi bo‘lsa ―digidroksi so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: (CuOH)2CO3 – mis (II) gidroksi karbonat, Mg(OH)NO3 – magniy gidroksi nitrat, Al(OH)2Br alyuminiy digidroksibromid, Cr(OH)2NO3 – xrom (III) digidroksinitrat,  Mn(OH)Cl – marganets (II) gidroksixlorid, [Fe(OH)2]2SO4 – temir (III) digidroksisulfat, Cr(OH)(CH3COO)2 – xrom (III) gidroksiatsetat, Al(OH)SO3 – alyuminiy gidroksisulfit, Fe(OH)2Cl-temir digidroksoxlorid, Ti(OH)3Cl- titan trigidroksoxlorid, Ni(OH)NO3– nikel gidroksonitrat.

Gidrokso–tuzlar qizdirilganida yoki umuman vaqt o‘tishi bilan tarkibida suv molekulalarini chiqarib, okso-tuzlarga aylanadi:  2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2 + H2O  Okso-tuzlar ham asoslar xosasini namoyon qiladi. Binobarin, kislota ta‘sirida okso- tuzlarni normal tuzga aylantirish mumkin.

 Gidrokso-tuzlar dissotsilanganda metall kationi, kislota qoldig‘i  va gidroksil anioniga dissotsilanadi;  masalan:

Cu2(OH)2SO4     =  2Cu2+ + 2OH + SO4-2

Bi(OH)2NO3     =   Bi3+ + 2OH + NO3

Bi(OH)2NO3     =   BiOH2+ + OH + NO3

BiOH2+   =   Bi 3+ +HO

Gidrokso-tuzlarning olinishi:

1.O‘rta tuzlarga ishqor ta‘sir ettirganda yangi asosli tuz va o‘rta tuz hosil bo‘ladi.

FeCl3+2NaOH=Fe(OH)2Cl+2NaCl

AlCl3+2KOH=Al(OH)2Cl+2KOH

2.Gidrokso-tuzlar normal tuzlarning gidrolizi natijasida hosil bo‘ladi.

CuCl2+ H2O=Cu(OH)Cl+HCl

Al2(SO4)3+H2O=Al(OH)2SO4+H2SO4

3.Asoslarga oz miqdorda kislota ta‘sir ettirib gidrokso-tuzlarning olinishi.

Fe(OH)2+H2SO4=Fe(OH)SO4+2H2O

Cu(OH)2+H2SO4=Cu(OH)SO4+2H2O

Previous articleNordon tuzlar nomeklaturasi va olinishi
Next articleQo’sh tuzlar nomeklaturasi va olinishi