Yurt obodonchiligi, adabiyot va san’at

0

Yurt obodonchiligi, adabiyot va san’at. Юрт ободончилиги, адабиёт ва санъат. Шаҳариаминг ободонлаштирилиши ва меъморчилик.


Shahariaming obodonlashtirilishi va me’morchilik

Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchili- giga alohida e’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga aylantirishga qaror qildi.

U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlari- ni tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o‘rnatilgan oltita darvoza orqali kiriladigan boTdi. Samarqandga Zarafshon daryosi- dan suv keltirildi.

Temuriylar davri me’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temur- ning qarorgohi — Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan darajada hashamatli qilib qurildi.

Go‘ri Amir maqbarasi
Go‘ri Amir maqbarasi

Amir Temur ayni paytda turmush o‘rtog‘i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham qurdirdi.

Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi.

1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o‘zi ham shu yerga dafn etildi va maqbara «Go‘ri Amir maqbarasi» deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me’moriy inshootdir.

U Temuriylaming sulolaviy xilxonasiga aylandi. Keyinchalik, bu maqbaraga Amir Temurning o‘g‘illari Umar Shayx, Mi- ronshoh va Shohrux, nabirasi Mirzo Ulug‘bek hamda Amir Temurning pin Sayyid Baraka sag‘analari ham qo‘yildi. Maqbara gumbaz bezaklari- ning jilosi har qanday kishini hayratga soladi.

Amir Temur poytaxt Samarqand atrofida o‘ndan ortiq bir-biridan go‘zal bog‘-rog‘lar barpo ettirdi. Ularning eng mashhuri «Bog‘i Dilkusho» deb atalardi.

1404-yilda Samarqandga kelgan Ispaniya elchisi Gonzales de Klavixo o‘z esdaliklarida bu bog‘da favvoradan suv otilib turganligini, bog‘ga kiriladigan darvoza juda keng va u oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, shuningdek, ustiga taxtiravon o‘matilgan oltita fil ham borligini yozib qoldirgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Amir Temur davrida Samarqandning dovmg‘i tillarda doston bo‘ldi.

Buni diqqat bilan o‘qing!

Amir Temur ma’naviy merosining o‘zagi Samarqanddir. Samarqand jahon me’morchiligining durdonasidir.

Islom Karimov

Amir Temur Movarounnahrning boshqa shaharlarida, jumla- dan, Shahrisabz shahrida ham ajoyib me’moriy obidalar bunyod ettirdi. Ulardan biri otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga qurdir- gan maqbara edi.

Turkiston shahrida buyuk mutafakkir Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan maqbara, Toshkent viloyatidagi Zangiota me’moriy majmuasi ham yuksak namunadagi me’moriy inshootlardir.


Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (Алишер Навоий) (1441 — 1501). O‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi.

Otasi G‘iyosiddin Bahodir Temuriylar xizmatida boTdi. Shu tufayli Alisher temuriyzoda, keyinchalik hukmdor bo‘lib yetishgan Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalandi.

Alisher Navoiy 4 yoshidan maktabda ilm o‘rgandi. Turkiy va forsiy tillardagi she’rlarni yod oldi. 10—12 yoshidan boshlab esa o‘zi ham she’r yoza boshladi.

Alisher Navoiy rasmlari
Alisher Navoiy (1441–1501)

Uning she’riyatga boTgan ixlosi va iste’dodi hatto o‘z davrining mashhur shoiri Lutfiyni ham hayratga soldi. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida elga tanildi. Turkiy (o‘zbek) tilidagi she’rla- rini «Navoiy» va forsiy tilidagi she’rlarini «Foniy» taxallusi bilan yozdi. Turkiy tilda birinchi beshta katta kitob — shoh asari «Xamsavni yaratdi. Ungacha nazm, asosan, fors tilida yaratilgan.

Bu asar o‘zbek adabiyotining shuhratini olamga yoydi. Jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.

Bundan tashqari, o‘zbek tilidagi she’rlarini to‘plab, to‘rt qismdan iborat «Ma’nolar xazinasi» devonini tuzdi.

Keyinchalik esa forsiy tilda yozgan she’rlarini to‘plab «Devoni Foniy»ni yaratdi. Bu bilan forsiy she’riyat taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shdi.

Buni diqqat bilan o‘qing!

Olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.1

O‘zingizni sinang

  • 1441-yil — .
  • «Navoiy» — … .
  • «Foniy» — … .

Kamoliddin Behzod

Kamoliddin Behzod (Камолиддин Беҳзод) (1455 — 1536).2 O‘z davrining buyuk rassomi Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning zamondoshi edi. U Alisher Navoiyning muruwati bilan buyuk miniatyurachi rassom bo‘lib voya- ga yetdi. Noyob qobiliyat egasi bo‘lgan Behzod Husayn Boyqaroning davlat kutubxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu kutubxona o‘z davri­ning badiiy akademiyasiga aylandi. Akademiyaga keyinchalik «Beh­zod akademiyasi» deb nom berildi.

Behzod Sharafiddin AH Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Sa­lomon va Absol», Sa’diyning «Bo‘ston», Xotifiyning «Temurnoma» asarlariga, shuningdek, AHsher Navoiyning kitoblariga betakror minia- tyuralar chizdi. Sulton Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan miniatyuralar yaratdi. Sulton Husayn, AHsher Navoiy, Shayboniyxon va boshqa davlat arboblari hamda ulug‘ zotlarning suratlarini ham chizib qoldirdi. Kamoliddin Behzodning asarlari go‘zallik shaydola- rini hamon hayratga solib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida Behzodning nomini abadiylashtirish borasi- da katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Toshkentdagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod no mi berildi.

2000-yilda yurtimizda YUNESKO homiyhgida Behzod tavaHudi- ning 545-yilligi nishonlandi.3


  • Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». — T.: «O‘zbekiston» NMIU. 2008. 47-bet.
  • Rajabov va boshq. O‘zbekiston tarixining eng asosiy sanalari. — T.: «O‘zbekiston> NMIU. 2012. 102-bet.
  • Rajabov va boshq. O‘zbekiston tarixining eng asosiy sanalari. — T.: «O‘zbekiston> NMIU. 2012. 383-bet.

Atamalar mazmunini bilib oling

Miniatyura — o‘ta nafis qilib ishlangan kichik hajmli tasviriy san’at asari.

Sag‘ana — qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorlik turi.

Xilxona — bir sulolaga mansub marhumlarni dafn etadigan joy.

Hirot — hozirgi Afg‘oniston davlati hududidagi shahar.


Savol va topshiriqlar

  1. Amir Temur mamlakat poytaxti Samarqandni obodonlashtirish borasida qanday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan?
  2. Amir Temur qanday me’moriy obidalar bunyod ettirgan edi?
  3. Alisher Navoiy о ‘zbek adabiyotida qanday о ‘rin tutadi ?
  4. Alisher Navoiyning shaxsi va yaratgan asarlari haqida so ‘zlab bering.
  5. Kamoliddin Behzod ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Previous articleMirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi
Next articleMiniatyura nima? Миниатюра нима?