Nafl namozi (namozlar) nechta?

0

Nafl namozi deb, kishini uz ikhtiyori bilan farzga qushimcha tarzda uqiydigan namozi ga aytiladi. Bu namozni Alloh muminlar zimmasiga farz kabi majburiy qilmagan, balki ikhtiyoriy suratda ado etilsa, savob buladi.

Nafl namozlari 2 khil buladi.

1. Besh vaqt farz namozlariga tobe bulgan nafllar. Bular farzlardan oldin yoki keyin uqiladigan namozlar bulib, ular sunnati ravotiblar deyiladi.

2. Besh vaqt namozlardan tashqari mustaqil uqiladigan namozlar. Bular jumlasiga zuho, tahajjud, hojat va boshqa nafl namozlari kiradi.


Farz bilan birga uqiladigan sunnatlar.

Bular ham uz urnida 2 qismga bulinadi.

1. Bajarishlik kup bor takidlangan sunnatlar. Bular sunnati muakkadalar, deyiladi.

2. Qilish takidlanmagan sunnatlar.

1.Takidlangan sunnatlar. 1.Bomdod namozining farzidan oldingi ikki rakaat sunnat. 2. Peshin namozi farzidan oldingi turt rakaat. Bu bomdodning sunnatidan keyingi urinda turadi. 3. Peshin namozidan keyin ikki rakaat, juma kunlari esa jumaning farzidan oldin turt rakaat, keyin turt rakaat uqish takidlangan sunnatdir. 4. Shom namozidan keyin ikki rakaat. 5. Khuftondan keyin uqiladigan ikki rakaat.


Takidlanmagan sunnatlar.

  1. Peshindan keyingi ikki rakaatli sunnatdan sung uqiladigan ikki rakaatli namoz.
  2. Asrni farzidan oldingi turt rakaat namoz.
  3. Shomdan keyingi olti rakaatli namoz, 2 rakaat sunnati muakkada, 4 rakaat mustahab.
  4. Khuftonning farzidan oldingi turt rakaat namoz.

Takidlanmagan sunnatlarda takidlangan sunnatlardan ikki amal ortiqcha buladi.

A)Avvalgi rakaatda, qadada tashahhuddan keyin salovat uqiladi.

B)Salovat uqilgach, uchunchi rakaatda turiladi, shu rakaat sano duosi bilan boshlanadi. Farz namozlari bilan undan keyingi sunnatlari orqama-ketin qushibuqilmay, balki: “Allohumma antas salom va minkas salom taborakta ya zal jaloli val ikrom” duosini uqish bilan orasini ajratadi. Har vaqt sunnat namozlari uqib bulingach, uch marotaba astagfirulloh, deb Allohga tavba qilishlik mustahabdir.

Farz namozlariga tobe bulmagan, mustaqil sunnat namozlar.

Bu turdagi namozlar quyidagilar.

  1. Zuho namozi. Bu namozning vaqti quyosh bir nayza buyi kutarilganda kirib, zavolga bir soat qolguncha davom etadi. Zuho kamida 2 rakaat, afzali 4 rakaatdir.
  2. ”Tahiyyatul masjid” namozi yani masjid bilan salomlashish namozi. Bu ham ikki rakaat uqiladi, afzali turt rakaat uqishdir. Bu namozni masjidga kirgandautirmasdan uqish sunnatdir.
  3. Tahorat yo gusl sungidan uqiladigan 2 rakaat namoz.
  4. Safarga chiqayotganda va undan qaytganda uqiladigan ikki rakaat namoz.
  5. Kechqurungi tahajjud namozi. Bu kamida 2 rakaat, kupida esa khohlagancha uqiladi. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Bu kechaning ikkinchi yarmida uqiladi.
  6. Istikhora namozi. Yani yakhshilik talab qilib uqiladigan namoz. Bu ham 2 rakaatuqiladi, sung duosini uqiydi.
  7. Hojat surash namozi. Bu ham 2 rakaat bulib, namozdan sung, makhsus duosi uqiladi.
  8. Tarovih namozi. Bu yigirma rakaat buladi. Tarovih namozi takidlangan sunnatdir. Jamoat bulib uqish sunnati kifoya hisoblanadi. Uning vaqti khufton namozidan keyin uqishlikdir.
  9. Oy yoki quyosh tutilganda uqiladigan namoz. Quyosh tutilganda 2 yoki 4 rakaat yokuproq namoz uqish sunnatdir. Oy tutilgandagi namoz mustahabdir.
  10. YOmgir surab uqiladigan namoz. Buning nomi istisqodir. Bu namoz uchun uz maskanlaridan chetroqqa uch kun orqama-keyin chiqish mustahabdir. Musulmonlar tavba qilishlari, sadaqa berishlari, zimmiylarni qushmasliklari shart.
  11. Mutlaq nafllar. Namozkhon kishi yuqoridagilardan tashqari yana uzi khohlagancha nafl namoz uqishi mumkin.

Nafllarga tegishli hukmlar. Kunduzgi nafllarni turt rakaatdan, kechqurungi nafllarni ikki rakaatdan uqishlik sunnatdir. Qiyomga qodir bulmagan kishi utirib uqiydi. Naflni okhiriga etkazmay buzgan kishi qazosini uqishi vojibdir.

Nafl namozlar makruh vaqtlar:

  1. Subh vaqtidan to bomdod vaqti chiqquncha, magar bomdod sunnati durustdir.
  2. Bomdod uqilgandan to quyosh chiqquncha.
  3. Quyosh chiqib to bir nayza kutarilgincha. Bu quyosh chiqqandan keyin yarim soat vaqtdir.
  4. Quyosh tikkaga kelgandan to zavolga oqquncha.
  5. Asr namozidan to shom namozini uqib bulguncha.
  6. Imom khutba uqish uchun minbarga chiqqan vaqtda. Imom qanday khutbaga chiqqan bulsa ham.
  7. Muazzin farz namoziga takbir aytayotganda.
  8. Masjidda hayit namozidan oldin ham, keyin ham nafl makruhdir.
  9. Farz namozlaridan birining vaqti tor bulib qolsa.
  10. Hojati qistab turib nafl uqish.
  11. Khushuni ketkazadigan har qanday ish khozir bulganda ham makruh. Masalan: Ochga taom olib kelinishi, suv olib kelinishi. Yuqoridagi paytlarda namoz uqish makruhi tahrimiydir.

Abu Qatodadan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz masjidga kirsa, utirishdan oldin ikki rakat namoz uqisin», deganlar» (Imom Bukhoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati). Bu ikki rakatli namoz «tahiyyati masjid» (masjid salomi)namozi deyiladi.

Abu Qatodadan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz masjidga kirsa, utirishdan oldin ikki rakat namoz uqisin», deganlar» (Imom Bukhoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).Bu ikki rakatli namoz «tahiyyati masjid» (masjid salomi) namozi deyiladi.

Shofeiy va Hanbaliy mazhabida tahiyyati masjidni qay vaqtda bulsa ham: namoz uqish makruh yoki imom khutba uqiyotgan paytda ham uqish kerak, deyiladi. Molikiy va Hanafiy mazhablarida esa, imom khutba uqiyotgan bulsa, tahiyyati masjid uqilmaydi. Shuningdek, Hanafiy mazhabida namoz uqish makruh paytlarda ham tahiyyati masjid uqilmaydi. Namozkhon masjidga kirishi bilan farz namozni yoki boshqa bir namozni uqisa, niyat qilmasa ham tahiyyati masjid urniga kifoya qiladi. Bordiyu masjidga bir kunda bir necha bor kiradigan bulsa, bir marta uqisa kifoya qiladi.

Bu namozning hukmidan Masjidul harom istisno qilingan. Bu masjidning tahiyyati tavof bilan buladi.

Masjidga kirganda biror uzr bilan tahiyyati masjid namozini uqiy olmasa, «Subhanallohi, valhamdu lillahi, va laa ilaha illallohu vallohu akbar»ni aytsa kifoya qiladi.


ShURUQ (IShROQ) NAMOZI

Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda kelishicha: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdod namozini uqib bulganidan keyin namoz uqigan joyida to choshgoh namozini uqiguncha utirsa, faqat yakhshilikdan boshqani gapirmagan bulsa, uning khatolari, agar dengiz kupigidan kup bulsa ham magfirat qilinadi», deganlar» (ABu Dovud, Termiziy rivoyati). Termiziy lafzida: «Kim bomdodni jamoat bilan uqisa, sungra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib utirsa, keyin ikki rakat namoz uqisa, uning uchun haj va umraning ajridek bulur. Tuliq, tuliq, tuliq», deyilgan.

Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namoz Salotush Shuruq – Shuruq namozi ham deyiladi. “Shuruq” degani esa quyosh chiqishini bildiradi. Shuruq choshgoh namozining eng avvalgi vaqtidagi namozdir.


ZUHO (ChOShGOH) NAMOZI

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim choshgoh namozini bardavom uqisa, uning gunohlari dengiz kupigicha bulsa ham magfirat qilinadi», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Bu namoz ikki rakatdan sakkiz rakatgacha buladi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuproq turt rakat uqiganlar. Uning vaqti quyosh nayza buyi kutarilgandan boshlab to zavolga yaqin qolgunchadir. Eng afzal vaqti nahorning turtdan biri utgandan keyindir.


ShUKRI VUZU NAMOZI

Odatda tahorat qilib bulgandan sung uqiladigan namoz shukri vuzu–tahoratning shukri deyiladi. Uqba ibn Omir al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bunday hadis bor: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir odam yakhshilab tahorat qilsayu, qalbi va yuzi ila iqbol qilgan holda ikki rakat namoz uqisa, albatta unga jannat vojib buladi», dedilar» (Imom Abu Dovud rivoyati).


ISTIKhORA NAMOZI

«Istikhora» suzi lugatda khayrni talab qilish, degan manoni anglatadi. Musulmon kishi ikki ishdan qaysi birini qilishini bilmay qolganida khayrlisini tanlash uchun istikhora namozi uqiydi. Bu namozni har bir muboh ishdan oldin uqish mustahabdir.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istikhora qilishni khuddi Qurondan surani talim bergandek talim berar edilar. U zot: «Qachon biringiz bir ish qilmoqchi bulsa, farz namozdan boshqa ikki rakat namoz uqisin. Sung «Ey bor Khudoyo, albatta, Sendan ilming ila istikhora qilaman. Sening qudrating ila qudrat surayman. Sendan ulug fazlingdan surayman. Albatta, Sen qodir bulursan, men qodir bulmasman. Sen bilursan, men bilmasman. Sen gayblarni uta yakhshi biluvchi zotsan. Ey bor Khudoyo! Agar ushbu ish dinimda, maoshimda va ishim oqibatida yakhshi ekanini bilsang (yoki hozirgi ishimdayu, kelgusida) uni menga taqdir qilgin, menga oson et, sungra uni men uchun barakali qilgin. Agar ushbu ish dinimda, maoshimda va ishim oqibatida (yoki hozirgi ishimdayu kelgusida) yomon ekanini bilsang, uni mendan burib yubor, meni undan burib yubor. Va menga qaerda bulsa ham yakhshilikni taqdir qil, sungra meni unga rozi qil» desin va hojatini aytsin», dedilar» (Imom Bukhoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyati).

Ushbu namozni uqigandan keyin mazkur ish haqida uylamay, Alloh ikhtiyor qiladigan narsani kutib yuradi. Keyin kungliga tushib, uziga maqul bulib, qilgisi kelib qolsa amalga oshiradi. Bu haqda tush kurishi ham mumkin. Agar ish bir tarafga utmay turib qolsa istikhora namozini yana qaytadan uqiydi. Qayta uqish etti martagacha buladi. Istikhora namozining birinchi rakatida Fotiha surasidan keyin Kofirun surasini, ikkinchi rakatda Ikhlos surasini uqiydi.


HOJAT NAMOZI

Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimning Allohga va Bani odamdan birortasiga hojati bulsa, yakhshilab tahorat qilsin, sungra ikki rakat namoz uqisin. Keyin Allohga sano va Paygambar sollallohu alayhi vasallamga salovat aytsin. Sungra: «Haliymu Karim Allohdan uzga hech ilohi mabud yuq. Ulug Arshning Robbisi Alloh pokdir. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bulsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, magfiratingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yakhshilikdan ganimatni, har bir yomonlikdan salomatni surayman. Mening hech bir gunohimni quymay magfirat qilgin, hech bir gamimni quymay kushoyish et, Uzing rozi bulgan hech bir hojatimni quymay, albatta chiqargin. Ey Arhamar Rohimiyn», desin», dedilar» (Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Imom Ibn Hajar bu namozni shanba kuni sahar uqib, talabi hojat qilish mandubdir, chunki Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam, kim shanba kuni ertalab talabi hojat qilsa, talabi hal buladi. Uning hojati ravon bulishiga men zominman, deb marhamat qilganlar, degan. Albatta, duoning arabcha matnini yodlab olgan yakhshi.


TAVBA NAMOZI

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Men qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitsam, Alloh menga undan Uzi khohlaganicha naf beradigan odam edim. U zotning sahobalaridan biri menga hadis aytsa, men undan (gapi tugriligiga) qasam ichishni talab qilar edim. Agar u qasam ichsa (gapini) tasdiq qilar edim. Albatta, shan shulki, menga Abu Bakr bir hadis aytdi. Zotan u sodiqdir:

«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: qaysi bir odam gunoh qilib quyib, sungra turib, tahorat qilib namoz uqisa, keyin Allohga istigfor aytsa, albatta, Alloh uni magfirat qiladi», deganlarini eshitdim. Sungra u zot:

«Ular qachon fahsh ish qilsalar yoki uzlariga zulm qilsalar, Allohni eslarlar va gunohlariga istigfor ayturlar” oyatini qiroat qildilar», dedi».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan.

Aslida tavba namozsiz ham khohlagan paytda bulishi matlub. Lekin namoz ila bulgani kuchli va qabuli osondir. Namoz muminning silohi, deyilgani ham shundan. Mumin kishi namoz ila har qanday qiyin narsaga ham osonlik bilan erisha oladi. Ojiz banda gunoh ish qilib quysa, iymoni uni darhol tavbaga chorlashi zarur. Qilib quygan gunohining afsusida qolgan mumin inson darhol tahorat qilib tavba namozi niyati ila ikki rakat namoz uqib olishga utmogi lozim. U gunohiga nadomat qilib, namozida chin qalbdan tavba qilib, Allohga roz aytib, ikkinchi bu gunohni qayta qilmaslikka qatiy ahd qilsa, Alloh taolo uning gunohini magfirat qiladi.


AVVOBIYN NAMOZI

Bu namoz shom namozidan keyin uqiladi va olti rakat buladi. Avval turt, keyin ikki rakat yoki ikki rakatdan qilib uqiladi.

Alloh taolo «Isro» surasida:

«Albatta, U zot avvobiynlarni magfirat qiluvchidir», degan (25-oyat).

Imom Tabaroniy Ammor ibn YOsir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

«Kim shomdan keyin olti rakat uqisa, gunohlari magfirat qilinur, agar dengizning kupigicha bulsa ham», deyilgan.


TAHAJJUD NAMOZI

Bu namozning ozi ikki, kupi sakkiz rakatdir. Alloh taolo: «Kechasida tahajjud (namozi) qil, senga nofila bulur. Shoyadki, Robbing seni Maqomi mahmudda tiriltirsa», degan.

Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targib qilish Quronda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir ukhlab turib uqiladigan namoz “tahajjud namozi” deb ataladi. Shuningdek, bu namoz qiyom namozi, deb ham aytiladi. Avval boshida bu namoz vojib bulgan edi. Bir yilchadan keyin vojibligi naskh qilingan.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga kechaning qiyomi lozimdir. Chunki, u sizlardan oldingi solihlarning odatidir. U Robbingizga qurbatdir. U yomonliklarga kafforotdir. U gunohlarni qaytaruvchidir», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «U jismdan dardni quvuvchidir» ham deyilgan (Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyati).

O’zbekcha she’rlar tabriklar tug’ilgan kun


namoz o, namoz o qish, namoz vaqtlari 2020, men namoz, namoz o qiyman, men namoz o qiyman, namoz kitobi, namoz o rganish men ham namoz, skachat namoz.

Previous articleO’zbekcha she’rlar tabriklar tug’ilgan kun
Next articleИсмлар маъноси- ўғил ва қиз болалар учун