Zid ma’noli so‘zlar. Зид маʼноли сўзлар

0

Zid ma’noli so‘zlar. Зид маʼноли сўзлар / сузлар.


Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga zid ma’noli so‘zlar deyiladi.

 Zid ma’noli so‘zlar doimo ikki qarama-qarshi a’zodan iborat bo‘ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masala n: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma’noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masala n: yosh-u qari – bari, achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq-yaqindan – hamma yoqdan kabi.

1-mashq. Maqollarni o‘qing va ma’nosini sharhlang. Zid ma’noli so‘zlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda ko‘chiring.

1. Yaxshi so‘z – jon ozig‘i, yomon so‘z – bosh qozig‘i. 2. Do‘st achitib gapirar, dushman – kuldirib. 3. Oz so‘zla, ko‘p tingla. 4. Eskisiz yangi bo‘lmas, yomonsiz – yaxshi.

2-mashq. «Zumrad va Qimmat» ertagi esingizdami? Unday bo‘lsa, sinfda ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh Zumradning ijobiy fazilatlarini, ikkinchi guruh Qimmatning salbiy xususiyatlarini yozsin. Qaysi guruh tez va ko‘p yozsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.

Zumrad  Qimmat mehnatsevar dangasa

3-mashq. Berilgan zid ma’noli so‘zlarning qanday so‘z turkumlariga mansub ekanini aniqlang.

Mehnatsevar – dangasa, kelmoq – ketmoq, yolg‘onchi – rostgo‘y, ost – ust, toza – iflos, qisqa – uzun, urush – tinchlik, kulmoq – yig‘lamoq.


 Savol va topshiriqlar

  1. Zid ma’noli so‘zlar deb nimaga aytiladi?
  2. Zid ma’noli so‘zlar ishtirok etgan maqollar ayting.
Previous articleMa’nodosh so‘zlar qatorida bosh so‘z
Next articleO‘zbek tili leksikasining boyish manbalari