O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. Ўзбекистон / Узбекистон республикаси конституциясининг асосий принциплари.
Davlat suvereniteti. O’zbekiston respublikasi – mustaqil suveren davlat. Demokratiya – xalq hokimiyatchiligi. Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari. Давлат суверенитети. Ўзбекистон республикаси – мустақил суверен давлат. Демократия – халқ ҳокимиятчилиги. Конституциявий тузум принциплари. Узбекистон республикаси – мустакил суверен давлат. Демократия – халк хокимиятчилиги.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- davlat suvereniteti nima ekanligini;
- davlat suvereniteti e’tirof etilishi qanchalik muhimligini;
- demokratiya mohiyatini;
- demokratik prinsiplar ahamiyatini bilib olasiz.
- Davlat suvereniteti.
- O’zbekiston Respublikasi — mustaqil suveren davlat.
- Demokratiya – xalq hokimiyatchiligi.
- Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari.
1.Davlat suvereniteti
Suverenitet (fransuzcha «souverainete») — davlatning o’z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligidir.
Topshiriq
Qanday fikrdasiz, hozirgi zamonda dunyodagi boshqa davlatlardan butunlay mustaqil davlat bo’lishi mumkinmi? Boshqacha aytganda, biror davlat mutlaq davlat suverenitetiga ega bo’lishi mumkinmi?
Asosiy qonun belgilaydi O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1-modda. |
Davlat suvereniteti hokimiyatni amalga oshirishda, bu borada yuzaga keluvchi muammolarni hal etishda nafaqat mamlakat ichkarisi- da, balki tashqarisida ham boshqa davlatlardan to’la-to’kis mustaqillikni anglatadi.
Yodda tuting! Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to’liq ustunli- gi hamda tashqi siyosatda mustaqilligi, uning hududida davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to’la-to’kisligidir. |
2.O’zbekiston respublikasi – mustaqil suveren davlat
Davlatni belgilovchi jihatlaridan biri uning davlat suvereniteti hisob- lanadi. Davlat suverenitetining quyidagi asosiy prinsiplari mavjud:
- davlat hududi hamda chegaralarining daxlsizligi va bo’linmasligi;
- mustaqil ichki va tashqi siyosat;
- xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini e’tirof etish va hurmat qilish;
- davlat tili o’zbek tili ekanligi;
- o’z taraqqiyot yo’lini, davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik va hokazo.
1991-yil 31-avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbat- dan tashqari VII sessiyasida Respublikamiz mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Ushbu sessiyada «O’zbekiston Respublikasining davlat mus- taqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. U O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 1992-yil 8-dekabrga qa- dar Asosiy qonun rolini bajarib keldi.

1991-yil 29-dekabrda birinchi marta muqobillik asosida O’zbekiston Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi.
1991-yil 18-noyabrda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonun, 1992-yil 2-iyulda «O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida»gi Qonun, 1992-yil 10-de- kabrda «O’zbekiston Respublikasining Davlat gimni to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi.

Asosiy qonun belgilaydi O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 3-modda. |
Davlat mustaqilligiga erishilishi O’zbekistonga mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’yishiga, jahon hamjamiyatiga xalqaro munosabatlar- ning to’la huquqli subyekti sifatida kirishiga imkon berdi.
3. Demokratiya – xalq hokimiyatchiligi
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi mamlakatimizning Asosiy qonunida ifodalangan bo’lib, unda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi ekanligi ta’kidlangan.
Asosiy qonun belgilaydi Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda. |
«Xalq hokimiyatchiligi» atamasi yunon tilidagi «demokratiya» (demos – xalq, kratos – hokimiyat) so’zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marotaba Qadimgi Yunonistonda vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
Demokratiya — bu:
- saylab qo’yiladigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;
- fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi;
- hammaning va har kimning qonun oldida tengligi;
- jamiyat va inson xavfsizligi;
- fuqarolar huquq va erkinliklarining to’la-to’kisligi;
- inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g’amxo’rligi;
- inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexanizmi mavjudligi.
O’z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan:
- bevosita, ya’ni to’g’ridan to’g’ri demokratiya. Bunda xalq davlat ish- larini vakillarsiz o’zi hal qiladi (saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qonunlar loyihalari muhokamasi va boshqalar orqali);
- bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi. Unda xalq suveren huquqlaridan foydalanib, o’zlari saylab qo’ygan vakillari (deputatlar va senatorlar) orqali davlat ishlarini amalga oshiradi.


Davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda xalqning bevosita ishtiroki referendumda, ya’ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o’tkaziladigan umumxalq muhokamasida va bevosita ovoz berishda qatnashishi orqali namoyon bo’ladi.
Xalq nomidan faqat ular saylagan Prezident, Oliy Majlis deputatlari va senatorlar ish olib borishi mumkin.
Asosiy qonun belgilaydi Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muho- kamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda. |

Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur bo’lib qolganda Konstitutsiya, qonunlarning loyihalari umumxalq muhokamasiga qo’yilishi, ya’ni referendum o’tkazilishi mumkin. Umumxalq referendumi butun mamlakat miqyosida yoki mahalliy hududda o’tkazilishi mumkin. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda O’zbekiston Respublikasida referendum o’tkazilib, unda navbatdagi chaqiruvda O’zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash to’g’risidagi masala hal etildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning ko’pchiligi mazkur masalaga ijobiy javob berdilar. Shu tarzda O’zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament vujudga kelgan.
4. Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari
Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo’linishi prinsipidir (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda).
Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyat organlariga bo’linadi.
Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog’i hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniyatiga yo’l qo’ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo’ysunishlari shart bo’lgan sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug’diradi.
Asosiy qonun belgilaydi O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimi- yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda. |

Yakunlarni chiqaramiz
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy prinsiplari:
- suverenitet – davlatning ichki va tashqi ishlarda mustaqilligi;
- xalq hokimiyatchiligi: referendum, saylov, yig’ilish va boshqalar;
- demokratiya: bevosita (to’g’ridan to’g’ri), bilvosita (vakillik K
- hokimiyatlar bo’linishi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;
- davlat ramzlari: bayroq – 1991-yil 18-noyabr, gerb — 1992-yil 2-iyul, madhiya — 1992-yil 10-dekabr.
- 1991-yil 29-dekabrda O’zbekiston Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo’lib o’tdi;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
O’zingizni sinang!
- Davlat suvereniteti nima?
- Davlat suvereniteti uning hokimiyati cheklanmaganligini anglatadimi?
- Davlat suvereniteti inson huquqlari bilan qanday muvofiqlashtiriladi?
- Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi?
- O’zbekiston xalqi nomidan kim ish ko’rishi mumkin?
- Konstitutsiyaviy prinsiplar deganda nimani tushunmoq kerak?









