Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi

0

Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi. Қаттиқ жисм, суюқлик ва газларнинг молекуляр тузилиши. Каттик жисм, суюклик ва газларнинг молекуляр тузилиши.


Sovuq qish kunlarida hovuzlar, ko‘llar va ariqlarda suv muzlaydi. Yozda, aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi. Bunda suv bug‘ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda uchraydi. Qattiq  –  muz holatida, suyuq –  suv va gazsimon  –  bug‘ holatida.

Demak, bug‘, suv va muz bir xil molekula lardan tashkil topgan. Ular faqat molekulalarning o‘zaro joylashishi va harakati bilan farq qiladi. Bug‘ alohida-alohida molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. Shu sababli suv yuzasidan ko‘tarilgan bug‘ havoga oson aralashib ketadi. Havo tarkibida har doim suv bug‘lari bo‘ladi. Shuningdek, havoda kislorod, karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor.

Ularning molekulalari ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi. Deraza tirqishidan tushgan yorug‘likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang zarralarining ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin. Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan to‘xtovsiz to‘qnashib turishlari tufaylidir. Puflanadigan yupqa sharni biroz shishirib, og‘zini mahkam bog‘laylik. Uni qo‘l bilan qissak kichrayganini ko‘ramiz. Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa sharni olib, birini birorta naycha orqali puflab shishiraylik. So‘ngra sharcha og‘zini ip bilan mahkam bog‘lab, naychaning ikkinchi uchini boshqa puflanmagan sharcha og‘ziga mahkamlaylik.

So‘ngra birinchi sharcha og‘zidagi bog‘langan ipni ochib yuborsak, havo naycha orqali ikkin chi sharchaga o‘tib uni shishiradi (9-rasm). Demak, gaz bir idishdan ikkinchisiga tutashtirilgan nay orqali o‘z-o‘zidan o‘ta oladi. Gazni qaysi idishga solmaylik, o‘sha idish shaklini va hajmini to‘la egallaydi. Gazlarning mole kulalari orasidagi masofa moleku lalarning o‘lchamidan o‘rtacha 100–1000 marta katta. Bunday masofada molekulalarning o‘zaro tortishish kuchi juda kichik bo‘ladi.

9-rasm
9-rasm

Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas.

Suyuqlik biror idishga qu yilsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Lekin o‘z xususiy haj mini saqlaydi. Do‘k onlarda yaxna ichimliklarni 1,5 l, 1 l va 0,5 l li idishlarda sotilishini yax shi bilas iz. Avtomobil yonilg‘ilari ham litrlab o‘lchanadi. Suyuqliklarda molekulalar yaqin joylashganligi tuf ayli o‘zaro tortishish kuchlari sezilarli bo‘ladi. Shunga ko‘ra o‘z hajmini saqlaydi. Lekin og‘irligi ta’sirida «yal payib» idish shaklini oladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi tortis hish kuchi suyuqlik shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Shunday bo‘lsada, suyuqlikni siqish juda qiyin.

Bir tajribada suvni siqish uchun uni qo‘rg‘oshin shar ichiga quyib, og‘zi kavsharlangan. Shundan keyin sharni qisish uchun uni og‘ir bolg‘a bilan urilgan. Bunda suv qisilmasdan sharni yorib sizib chiqqan.

Suyuqlik xususiy hajmga ega, lekin shaklga ega emas.

Atrofimizdagi ko‘pchilik nar sal ar qattiq jismlardan iborat. Ruchka, parta, uy, mashina va h.k. Ularning barchasi o‘z shakliga ega. Ularning shaklini o‘zgartirish uchun katta kuch sarflash kerak. Qattiq jismlarda molekulalar (atomlar) suyuqliklar dagiga nisbatan ham yaqin joylashadi. Bundan tashqari, ular tartib bilan joylashadi. Joylashgan o‘rnida tebranib turadi.

Masalan, osh tuzini olsak, uning molekulasi NaCl, ya’ni Na  –  natriy va Cl –  xlor atomidan tashkil topgan. 10-rasmda atomlarning o‘zaro joylashishi keltirilgan. Ularni to‘g‘ri chiziq bilan birlashtirilsa, panjara ko‘rinishida bo‘ladi.

10 - rasm
10 – rasm

Atomlarning joylashish tartibi jism ning qattiqlik darajasini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, Siz ishlatayotgan qalam, ko‘mir va juda qattiq modda  – olmos, brillyant bir xil uglerod (C) atomlaridan tashkil topgan. Lekin joyl ashish strukturasi turlichadir.

Qattiq jismlar xususiy hajmga va shaklga ega.


  1. Qattiq jismlarni ham gazsimon holatga o‘tkazish mumkinmi?
  2. Qattiq holatga o‘tkazilgan havoni ko‘rganmisiz? Ko‘rmagan bo‘lsang iz, eshitgandirsiz?
  3. Saqich (jevachka) qattiq jismga kirsa-da, osongina shaklini o‘zgartiradi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
  4. Qattiq jismlar, suyuqlik va gazlarning xossalaridan turmush va texnikada foydalanishga misollar keltiring.
Previous articleTurli muhitlarda diffuziya hodisasi
Next articleMassa va uning birliklari