Davlat suvereniteti (Давлат суверенитети)

0

Davlat suvereniteti (Давлат суверенитети).


Suverenitet (fransuzcha «souverainete») — davlatning o’z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligidir.


Topshiriq

Qanday fikrdasiz, hozirgi zamonda dunyodagi boshqa davlatlardan butunlay mustaqil davlat bo’lishi mumkinmi? Boshqacha aytganda, biror davlat mutlaq davlat suverenitetiga ega bo’lishi mumkinmi?

Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1-modda.

Davlat suvereniteti hokimiyatni amalga oshirishda, bu borada yuzaga keluvchi muammolarni hal etishda nafaqat mamlakat ichkarisi- da, balki tashqarisida ham boshqa davlatlardan to’la-to’kis mustaqillikni anglatadi.

Yodda tuting!

Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to’liq ustunli- gi hamda tashqi siyosatda mustaqilligi, uning hududida davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to’la-to’kisligidir.


Batafsil >> O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy prinsiplari

Previous article3-§. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy prinsiplari
Next articleO’zbekiston respublikasi – mustaqil suveren davlat