O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari

0

O’zbekiston / Uzbekiston respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari. Ўзбекистон Республикаси ташқи сиёсатининг асосий принциплари.


Mamlakatning Asosiy qonunida mustahkamlab qo’yilgan tashqi siyosat prinsiplari (17-modda) jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • davlatlarning suveren tengligi prinsipi, ya’ni boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qilish majburiyligi;
  • kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi;
  • chegaralarning daxlsizligi prinsipi;
  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi;
  • nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish prinsipi, shuningdek, davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va ulardan ajralib chiqish prinsipi.


Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 125-modda.


Yakunlarni chiqaramiz

O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati:

xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi;

xalqaro huquq me’yorlari ustuvorligi e’tirof etilishi;

tashqi siyosat prinsiplari:

  • suveren tenglik;
  • davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
  • kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
  • nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
  • chegaraning daxlsizligi;
  • ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish;

1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.

O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 146 mamlakat tan oldi.


Batafsil >> 4-§. O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati. Amaliyot darsi

Previous articleDavlatning tashqi siyosiy faoliyati
Next article5-§. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari