O‘zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari. Ўзбекистонлик / Узбекистонлик аскарларнинг фронтдаги жасоратлари.
Ikkinchi jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko‘proq o‘zbekis- tonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jang qildilar. Gitler Germaniyasining hujumini birinchilardan bo‘lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal’asi bo‘ldi.
Qal’ani himoya qilganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi. Ular boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib bir oy davomi- da qal’ani qahramonlarcha himoya qildilar. O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon umshining qaysi frontida bo‘hnasin shu tariqa mardlarcha jang qildilar.

Bizning ota-bobolarimiz beshafqat jang maydonlarida mardlik va matonat kohsatgani uchun ularning 338 nafari «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga sazovor bo’lgan.[2]
Ikkinchi jahon urushi yillarida 500 mingga yaqin o‘zbekistonlik askar halok bo‘ldi. 60 mingdan ortiq askar esa nogiron, mayib-majruh bo‘lib qoldi.
Batafsil >> Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga (O’zbekistonning qo‘shgan hissasi)











