Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga (O’zbekistonning qo‘shgan hissasi). Гитлер Германияси устидан қозонилган ғалабага (Ўзбекистоннинг қўшган ҳиссаси). Ўзбекистон халқининг меҳнат жасоратлари. Гитлер Германияси устидан козонилган галабага (Узбекистоннинг кушган хиссаси). Узбекистон халкининг мехнат жасоратлари.
O‘zbekiston xalqining mehnat jasoratlari
O‘zbekiston xalqining mehnat jasoratlari. Ikkinchi jahon um- shi yillarida O‘zbekiston hali sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Binobarin, 1941-yilning 22-iyunida Gitler Germaniyasi sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qilgach, O‘zbekiston ham umshga tortildi.
Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston frontni zarur qurol-yarog‘, o‘q- dori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlab turdi. Urushda O‘zbekistondan 1 million 500 mingdan ortiq jangchi qatnashdi. Aholidan yig‘ilgan pul mablag‘lari mamlakat mudofaa jamg‘armasiga topshirildi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati Germaniya bosib olishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan sanoat korxonalarming yuzdan ortig‘ini O‘zbekistonga ko‘chirdi. O‘zbekiston ishchilarining fidokorona mehnatlari evaziga ko‘chirib keltirilgan korxonalar qisqa muddatlarda qayta qurildi va front uchun zarur mahsulot ishlab chiqara boshladi. 280 ta yangi korxona ham qurildi.
O‘zbekiston umsh yillarida frontga 2100 ta samolyot, 1700 donadan ortiq samolyot motori, 2 milliondan ortiq aviabomba, 330 ming dona parashyut va boshqa qurol-yarog‘ hamda harbiy anjomlar yetkazib berdi. O‘zbekiston fabrikalari esa askarlami issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi.
Qishloq mehnatkashlarining jasorati
Qishloq mehnatkashlarining jasorati. O‘zbekistonning qishloq aholisi esa frontni zamr oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashda ulkan fidoyilik kohsatdi. Erkaklar urushga safarbar etilgani uchun qishloq xo‘jaligida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Ularning o‘rnini ayollar va bolalar egallashdi. Qishloq mehnatkashlari og‘ir qiyinchiliklarni mardo- na yenga oldilar.
| Yodda tuting! Urush yillarida jami 4 million tonnadan ortiq paxta, 5 million tonnadan ortiq don yetishtirildi. |
Boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ham ko‘- payib bordi.
Xalqimiz ana shunday og‘ir vaziyatda kunni kun, tunni tun demasdan, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun, g‘alaba uchun munosib hissa qo‘shdilar.[1]
Ulkan saxovat
Ulkan saxovat. Gitler Germaniyasiga qarshi kurashda O‘zbekiston aholisi ham ulkan saxovat kohsatdi. Chunonchi, ular mamlakat mudofaa jamg‘armasiga 650 mln. so‘mdan ziyod pul, 55 kg ga yaqin tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdilar.

Bu mablag‘ga front uchun bronepoyezd, tank va samolyotlar yasal- di va ular frontga jo‘natildi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat hududining urush hara- katlari ketayotgan joylarida yashovchi tinch aholining bir qismini mamlakat ichkarisiga ko‘chirdi. Shulardan bir milliondan ortig‘i O‘zbekistonga keltirildi.
| Yodda tuting! O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilganlarning 200 ming nafari yetim bolalar edi. |
O‘zbekiston xalqi ularni do‘stona kutib oldi. Ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi va yashash uchun o‘z uyidan joy berdi. Oziq-ovqati va kiyim-kechagini ular bilan baham ko‘rdi. Ko‘chirib kelingan bolalar- ning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi.
Besh yarim mingdan ortig‘ini esa bag‘rikeng, saxovatpesha o‘zbek xonadonlari farzandlikka oldilar. Bunday saxovatpesha o‘zbek xonadonlaridan bin toshkentlik Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli millatga mansub 16 nafar bolani farzandlikka oldi. Ularni parvarishlab, tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bu hodisa o‘zbek xalqi bag‘rikengligi, saxovatpeshaligining yorqin namunasi edi.
O‘zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari
O‘zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko‘proq o‘zbekis- tonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jang qildilar. Gitler Germaniyasining hujumini birinchilardan bo‘lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal’asi bo‘ldi.
Qal’ani himoya qilganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi. Ular boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib bir oy davomi- da qal’ani qahramonlarcha himoya qildilar. O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon umshining qaysi frontida bo‘hnasin shu tariqa mardlarcha jang qildilar.
Bizning ota-bobolarimiz beshafqat jang maydonlarida mardlik va matonat kohsatgani uchun ularning 338 nafari «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga sazovor bo’lgan.[2]
Ikkinchi jahon urushi yillarida 500 mingga yaqin o‘zbekistonlik askar halok bo‘ldi. 60 mingdan ortiq askar esa nogiron, mayib-majruh bo‘lib qoldi.
Xotira abadiydir
Xotira abadiydir. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushi frontlarida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiy- lashtirish uchun 1998-yilda O‘zbe- kistonda Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alaba kuni — 9-may umummilliy «Xotira va qadrlash kuni» deb belgilandi.
1999-yilda Toshkentning Bosh maydoni — Mustaqillik maydoni yonida «Xotira maydoni» majmuasi bunyod etildi. Bu yerdagi yodgorlik devorlariga kitob betlari shakli o‘matildi. Ularga Ikkinchi jahon umshida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarlarning nomlari bitildi.

Majmuada «Motamsaro onа» haykali ham ohnatilgan. Haykalda urushda o‘z farzandini yo‘qotgan onaning g‘am-g‘ussasi aks et- gan. Haykal yonida urushda halok bo‘lganlar xotirasi uchun mangu olov yonib turadi.
O‘zingizni sinang
♦ Ulkan saxovat deyilganda … .
♦ O‘zbekistonga … bola ko‘chirib keltirildi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Brest qal’asi — hozirgi Belarus Respublikasining Brest shahri atrofida joylashgan qal’a.
Saxovat (qo‘li ochiqlik) — odamlardan yordamini ayamaslik.
Front — urush harakatlari ketayotgan hudud.
Savol va topshiriqlar
- Urush yillarida о ‘zbekistonlik ishchilar ко ‘rsatgan mehnat jasoratlari haqida so ‘zlab bering.
- O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari urush yillarida qanday muvaf- faqiyatlarga erishdilar?
- О ‘zbekiston xalqining urush yillarida ко ‘rsatgan bag ‘rikengligi va saxovatpeshaligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- О ‘zbekistonlik askarlarning jang maydonlarida ко ‘rsatgan qahra- monliklariga misollar keltiring.
- Ikkinchi jahon urushida halok bo ‘Igan о ‘zbekistonlik askarlar xotirasini abadiylashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?











