Rasul Hamzatov “Ona tilim” she’ri

0

Rasul Hamzatov Ona tilim sheri. Расул Ҳамзатов она тилим шеъри. Расул Гамзатов Она тилим шери.

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O‘lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,
Tog‘lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.

Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.
Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,
Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.
Na onam, na yorim beradi sado,
Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.

Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,
(Go‘yo fi g‘on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.

Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fi do.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.


Rasul Hamzatov hayoti va ijodi >>


Savol va topshiriqlar:

  1. Tushdagi o‘lim tasvirida qaysi yurtning manzarasi ko‘rsatilgan deb o‘ylaysiz? Shoir tani qayerda yotibdi, atrofi dagi tabiat manzarasi qayerni eslatadi?
  2. O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun o‘lib yotgan lirik qahramonga avarch a so‘zlar eshitilgach, tirilib ketdi ekan? She’rning shu bandlar idagi tagma’noni aniqlashga urinib ko‘ring.
  3. «Erta ona tilim agar yo‘qolsa, Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo» satrlarini izohlab bering.
  4. She’rning so‘nggi bandi mazmunini tushuntiring. Siz o‘zbek ti liga nisbatan R. Hamzatov she’rining so‘nggi bandidagi e’tirofni qo‘llay olasizmi?
  5. Shoir nima uchun ona tiliga bu qadar katta muhabbat bilan qa raydi, deb o‘ylaysiz? Tilga muhabbat – elga muhabbat, uning tarixiga, ruhiyatiga muhabbat deb hisoblaysizmi?
  6. She’rni yod oling.
Previous articleRasul Hamzatov hayoti va ijodi
Next articleKenja nevaram shahrizodga (Rasul Hamzatov she’ri)