Rasul Hamzatov hayoti va ijodi

0

Rasul Hamzatov hayoti va ijodi haqida. Расул Ҳамзатов ҳаёти ва ижоди щацида. Расул Гамзатов хаёти ва ижоди хакида.


Rasul Hamzatov rasmlari Rasul Hamzatov hayoti va ijodi

Rasul Hamzatov (1923–2003)

She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.

XX asr jahon she’riyatining yirik vakili Rasul Hamzatov 1923-yilning 8-sentabrida tu g‘ildi. O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza boshlagan. Rasul Hamzatov mustaqil hayotga barcha tog‘lik yigitlar singari erta qadam qo‘ydi. O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist

va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi. Shu jarayonda ona xalqining turmush tarzi va o‘ziga xos ruhiy dunyosi bilan yaqindan tanishib bordi. Otasi – Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi.

Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yilda Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi.

Iste’dodli shoirning dastlabki yozganlariyoq she’riyat shinavandalarining sevimli asarlariga aylandi. Deyarli barcha asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi. Rus tili orqali jahonning turli tillariga tarjima qilindi. Jahonga taniqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o‘tdi.

R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singa ri o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or vakillari qatoriga olib chiqdi. Uning she’rlari o‘z xalqining milliy odatlarini juda yor qin aks ettirishi bilan, bo‘ysunmas, erksevar tog‘ xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi bilan diqqatga sazovordir.

Rasul Hamzatov o‘z millatidan g‘ururlanar ekan, uni boshqa millatlarga qarshi qo‘ymaydi. O‘z sha’ni yo‘lida sovuq yiltira yotgan xanjar tig‘iga qarshi bora oladigan er yigitlari, go‘zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg‘ularini sevib kuylagan.

“Ona tilim” she’ri >>


Savol va topshiriqlar:

  1. Rasul Hamzatov hayoti sanalarini sinchiklab o‘rganing. Uning dastlabki asarlari chiqqan davrga xos xususiyatlarni aniqlang.
  2. Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering. Bu she’r larning mashhurligi sabablarini izohlang.
  3. Shoirning avar xalqi milliy ruhiyati yorqin aks etgan she’rlar ining boshq a xalqlar she’rxonlariga ma’qul ke lish sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
Previous articleBallada (adabiyot)
Next articleRasul Hamzatov “Ona tilim” she’ri