# Savol
Prezident nima degani? Президент нима дегани?
# Javob
Prezident — ma’lum muddatga saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘idir. Prezidentlik davlatdagi eng oliy lavozim. «Prezident» atamasi lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «oldinda o‘tiruvchi» degan ma’noni anglatadi.