Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Қорақалпоғистон Республикаси. Коракалпогистон Республикаси.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, Qoraqalpog‘istonga O‘zbekiston tarkibidagi mustaqil Respublika maqomi berildi. O‘zbeklar va qoraqalpoqlar asrlar davomida yonma-yon, og‘a-inilardek yashab keldilar. Ularning munosabatlari do‘stlik va qardoshlikka asoslanadi. Ularning tillari ham bir-biriga yaqin.
O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘is- ton Respublikasi o‘zining Konstitutsiya – siga, davlat ramzlariga, qonun chiqaruvchi hokimiyatiga va hukumatiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni Jo‘qorg‘i Kenges amalga oshiradi.

