O’z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

0

O’z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун қаерга мурожаат қилиш керак? Уз хукукларини химоя килиш учун каерга мурожаат килиш керак?


Afsuski, inson ayrim hollarda kamsitish va haqoratlarga duchor bo’ladi. Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o’z huquqlari himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi.

Hozirgi kunda qonunlari, sud va huquq-tartibot organlari orqali davlat ana shunday himoyachi rolida namoyon bo’ladi.

Asosiy qonun belgilaydi

Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 44-modda.

Ushbu huquq malakali yuridik yordamga muhtoj bo’lgan har bir odam advokatga murojaat qilib, ana shunday yordamdan foydalanishi mumkinligini nazarda tutadi. Biron-bir vaziyatda, hatto agar jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo’q.

Davlatimizda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalar alohida himoyalanadilar.

Asosiy qonun belgilaydi

Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 45-modda.


Batafsil >> Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari

Previous article11-§. Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari
Next articleInson huquq va erkinliklari kafolatlari