Турли муҳитларда диффузия ҳодисаси. Турли мухитларда диффузия ходисаси.
Oldingi mavzuda gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda molekulalar to‘xtovsiz va tartibsiz harakatlanishini bilib oldik. Uni tasdiqlaydigan hodisalardan biri diffuziya (lotincha diffuziya – tarqalish, sochilish) hodisasidir.
Diffuziya deb o‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkin chi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi.
Diffuziya hodisasiga misol tariqasida xonada to‘kilgan atir hidining tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning erishini keltirish mumkin.
Xonada atirning to‘kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada o‘tiraylik. Uning hidini darhol emas, balki ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng sezamiz. Nima sababdan shunday bo‘ladi? Chunki atir bug‘ langanda moleku lalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo‘lsa-da (sekundiga bir necha yuz metr), u o‘z yo‘lida juda ko‘p marta havo molekulalari bilan to‘qnashib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani bajaraylik. Stakan olib, unga bir choy qoshiqda shakar solaylik. So‘ngra juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik. Birozdan so‘ng stakan tagidagi suvning xiralashg anligini ko‘ramiz. Bu shakar qiyomi. Stakanni chayqatib yubormasdan ustidan bir ho‘plam ichib ko‘ring. 15–20 minutdan so‘ng
yana ichib ko‘ring. Suv mazasi qanday o‘zgargan? Endi tajribani suv va margansovka (kaliy permanganat) bilan o‘tkazaylik. Bunda diffuziyaning borishini stakandagi suv rangining pastidan boshlab o‘zgara boshlaganligi orqali kuzatamiz (7-rasm).

Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuzat iladi.
Shunday tajriba o‘tkazishgan. Juda yaxshi silliqlang an qo‘rg‘oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo‘ yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, xona tem peraturasida 4–5 yil qoldirishgan. Shundan so‘ng ularni olib qaralsa, plas tinalar bir-biriga taxminan 1 mm kirishib ketganligi kuzatilgan.
Misr piramidalari yo‘nilgan tosh lardan taxlab quril gan. Lekin bu toshlar tutashgan joylaridan yomg‘ir ich karisiga o‘tmaydi. Chunki ming yillab bir-biriga yuk ostida tegib tur ganligidan tegish qatlamlari o‘zaro diffuz iyalanib ketgan.
Demak, diffuziya hodisasi gazlar da tezroq, suyuq liklarda sekinroq, qattiq jismlarda juda sekin boradi.
Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham bog‘liq. Temperatura ortishi bilan diffuziya tezlashadi.
Diffuziya hodisasi tabiatda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, diffuziya tufayli havoga sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli gazlar tarqalib ketadi. Nafas chiqarilganda chiqqan karbonat angidrid gazi ham burun atrofida to‘planib qolmaydi. Sabzavotlarni tuzlash ham diffuziya hodisasiga asoslang an (8-rasm).

Diffuziya inson va hayvon lar hayotida katta ahamiyatga ega. Masalan, havodagi kislorod diffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi. Diffuziya tufayli oziqlantiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan qonga o‘tadi.
Amaliy topshiriq
- Stakanga suv quying va unga sekin eriydigan qand bo‘lagini tashlang. Suvni aralashtirmay uni asta-sekin tatib ko‘ring. Vaqt o‘tishi bilan uning shirinligi o‘zgarishini aniqlang.
- Piyolaga issiq choy quyib, unga choy qoshiqda shakar solib aralasht iring. Asta-sekin oz-ozdan yana shakar solib, choyda erishini kuzating. Shakarning ma’lum miqdoridan so‘ng solingan shakar erimay qoladi. Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
- Diffuziya hodisasining sababi nimada?
- Nima sababdan temperatura ortishi bilan diffuziyaning borishi tezlashadi?
- Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan diffuziya hodisasiga misollar keltiring.
- O‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bilasizmi?