Massa va uning birliklari. Масса ва унинг бирликлари.
Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o‘zingiz bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko‘pgina oziqovqat mahsulotlarini tarozida o‘lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o‘lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga e’tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o‘yinchoq avtomobilini joyidan qo‘zg‘atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g‘ildirab kelayotgan o‘yinchoq avtomobilni ushlab to‘xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi?
Albatta, har biringiz savolga o‘yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko‘tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to‘g‘ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo‘lsa, uni bu holatdan chiqarish uchun ta’sir ko‘rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki harakat holatini saqlash qobiliyatiga inertlik deyiladi. Lekin bu qobiliyat turli jismlarda turlicha.
Bu qobiliyatni o‘lchash uchun massa deb ataluvchi fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi fizik kattalikka jismning massasi deyiladi. Jism massasini o‘lchashning usullari ko‘p. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida o‘lchashdir. Amaliyotda ishlati ladig an tarozilar turli tipda bo‘ladi: o‘quv, analitik, elekt ron va h.k. 12-a rasmda o‘quv (shayinli), b-rasmda esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo‘lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi (11-rasm).

Namuna silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyorl anib, turli mamlakatlarga tarqatilgan.
Jism massasining ko‘p yoki kamligi und agi moddaning yoki narsalarning ko‘p-kamligiga bog‘liq. Masalan, bir qop yong‘oqn ing massasi bir xalta yong‘oq nikidan, 1 che lak suvning massasi 1 piyola suvnikidan ko‘p.
Narsa va predmetlarning massasini 1 kg ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham o‘lchash mumkin.
1 tonna (t) = 10 sentner (s) = 1000 kg.
1 kg = 1000 gramm = 1 000 000 milligramm.
Jism massasi tarozida o‘lchanadi. Jism massasini o‘lchash uchun uning chap pallasiga o‘lchanadigan narsa, o‘ng pallasiga tarozi toshlari qo‘yiladi. Pallaga toshlarni muvoz anatga kelguncha tanlab qo‘yiladi (12-rasm).

Shundan so‘ng pallaga qo‘yilgan tosh massalari qo‘ shib hisoblanadi.
Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning qizdirilgan yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon o‘lchanganligiga bog‘liq emas. Shu sababli tajribal arda va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o‘zgarmas (m = const) deb qaraladi.
Ko‘pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida tortib sotayotgan sotuvchilarni uchratamiz. Bunday tarozi ichida prujina bo‘lib, osilgan yuk ta’sirida cho‘ziladi. Tarozining ko‘rsatishi prujinaning qattiqyumshoqligiga, kunning issiq yoki sovuq bo‘lishiga, normadan ortiq yuk osganda cho‘ zilib, avvalgi joyiga qaytib bormasdan qolib ketganli giga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘lchashlar, Yerning Shimoliy qutbi yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog‘liq bo‘lganligidan aniq bo‘l maydi. Shu sababli jism massasini shayinli yoki elektron tarozida o‘lchang!
Juda kichik zarralarni hamda ulkan jismlar (Oy, Quyosh) massalarini bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning massasi bilvosita usullar bilan hisoblab topiladi. Bu haqda yuqori sinflarda o‘qib o‘rganasiz.
Amaliy topshiriq
Uyda bitta cho‘p, ip, bankaning yelim qopqog‘i (yoki baklashkani qir qib) hamda strelka uchun metall sim bo‘lagidan foydalanib, tarozi yasang. Ta rozi toshlari sifatida tangalardan foydalaning.
- Jism massasi deganda nimani tushunasiz?
- Qaysi tarozida jism massasi aniq o‘lchanadi: prujinali tarozidami yoki shayinli tarozidami? Javobingizni asoslang.
- Uchta tangadan bittasi yengil. Shakli va ko‘rinishi bir xil bu tangalardan qaysi biri yengil ekanligini toshi yo‘q pallali tarozida bir marta tortish orqali aniqlash mumkinmi?