Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi.
Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi mumkin: v, a, o, e harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi.
Mashq. Hazil topishmoqlarning javobini toping. Ularda tovushlarning tutgan o‘rnini belgilang.
«Kel-kel», – desam, kelmaydi, «Kelma», – desam, keladi. Olamda-yu odamda bitta, elatda yo‘q, odoblida ikkita. U nima? Unli bilan boshlanadigan oylar ko‘pmi, undosh bilan boshlanadigan oylarmi?
Savol va topshiriqlar
- Nutq tovushi deb nimaga aytiladi?
- Harf deb nimaga aytiladi?
- Tovushlar bilan harflar bir-biriga teng keladimi? Teng kelmaganholatlarni ayting.