Ballada (adabiyot)

0

Баллада (адабиёт).


She’riyatning o‘ziga xos janri bo‘lgan ballada fransuzcha «balada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i» ma’nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu xil asarlarda shoir o‘z his-tuyg‘ularidan tashqari ana shu tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan.

O‘zbek adabiyotida balladalar ko‘proq tarixiy-fantastik va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o‘tmishda ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fi doyilik ko‘rsatgan kishilarning jasoratini tasvir laydi.

Shoir Shuhrat qalamiga mansub Siz tanishib chiqqan «Mardlik afsonasi» balladasi, ko‘rganingizdek, xalqimizning shonli o‘tmishidagi qahramonliklardan birini tasvirlashga bag‘ishlangan. Bobolarimiz tarixida bo‘lib o‘tgan o‘sha ha yotiy voqea Shuhrat tomonidan boshqacharoq talqin etilgan. «Mardlik afsonasi»da shoir asarda aks etgan voqealarga aralashadi, qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildiradi. Shuhrat To‘maris va uning o‘z qavmiga muhabbatini, ayni vaqtda, Kayxusrav va uning bosqinchi qo‘shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.

Balladada To‘marisning qahramonligiga alohida urg‘u be riladi. Yovqur ayolning qonxo‘r bosqinchi bilan yakkama-yakka olishuvi va zo‘ravonlikni kasb qilgan Kayxusravni yenggani ta’sirli ravishda aks ettiriladi. Ballada janrining talabidan kelib chiqib, To‘marisning bosqinchi forsni o‘z qo‘li bilan o‘ldirgani alohida tasvir etiladi. Shuningdek, asarda To‘maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jangchi bo‘lmasin, el-ulusning fi krini tinglaydigan, unga quloq s oladigan odam sifati da ko‘rsatiladi. Bu hol, obrazning ta’sir kuchini ya nada oshirib, unga insoniy joziba baxsh etadi.

Previous articleShuhrat “Mardlik afsonasi” she’ri
Next articleRasul Hamzatov hayoti va ijodi