Talaffuz va imlo me’yorlari

0

Talaffuz va imlo me’yorlari. Талаффуз ва имло меъёрлари.


Og‘zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to‘g‘ri talaffuz me’yori sanaladi.

Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori sanaladi.

To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfoepiya (yunoncha: orfo – «to‘g‘ri», epos «so‘zlamoq», «nutq») deyiladi.

To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfografiya (yunoncha: orfo – «to‘g‘ri», grafo – «chizmoq») deyiladi.

378-mashq. Quyidagi so‘zlarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. Ular o‘rtasida qanday farqlar borligini ayting.

Shamba – shanba, maxsat – maqsad, taxsim – taqsim, Samarqan– Samarqand, kitop – kitob, tambur – tanbur, o‘m besh – o‘n besh.


Savol va topshiriqlar

  1. To‘g‘ri talaffuz me’yori deganda, nimani tushunasiz?
  2. To‘g‘ri yozish me’yori deganda-chi?
  3. Orfografiya bo‘limi nimani o‘rganadi?
  4. Orfoepiya bo‘limi nimani o‘rganadi?
Previous articleO‘zbek alifbosi – Ўзбeк алифбоси
Next articleU va i unlilarining talaffuzi va imlosi. Unlilar talaffuzi va imlosi