O‘zbek alifbosi – Ўзбeк алифбоси

0

O‘zbek alifbosiЎзбeк алифбоси. Узбeк алифбоси. o’zbek alifbosi 2023. o’zbek alifbosi rasmi / harflari.


Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi.

Alifbo so‘zi arab yozuvidagi harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari – alif va bo(be) nomlarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan.

Hozirgi o‘zbek alifbosi lotin yozuviga asoslangani tufayli lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi deyiladi.


Yangi o‘zbek alifbosi

Aa   Bb   Dd   Ee   Ff   Gg   Hh
Ii   Jj   Kk   Ll   Mm   Nn   Oo
Pp   Qq   Rr   Ss   Tt   Uu   Vv
Xx   Yy   Zz   O‘o‘   G‘g‘   Sh sh
Ch ch   Ng ng   ’ (tutuq belgisi)


375-mashq. Matnni o‘qing. Undagi g‘oya haqida bahs yuriting.

O‘zbek xalqi o‘z tarixida juda ko‘p yozuvlardan foydalangan. Oromiy, so‘g‘d, o‘rxun-enasoy yozuvlari shular jumlasidandir.

VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvini ishlatganmiz.

1929-yildan 1940-yilgacha lotin yozuvi qo‘llanilgan. So‘ngra kirill yozuvidan foydalanildi.

Hozirda asta-sekin lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga o‘tilmoqda.


376-mashq. Hikoyatni o‘qing. Nima sababdan oldingi zamonlarda yozuv bo‘lmagan, deb o‘ylaysiz? To‘marisning donoligi nimada?

To‘maris huzuriga Eron shohi Kirdan elchilar keldi. U elchilarni yaxshilab mehmon qilib, shohga «sovg‘a» berib yubordi.

Kir dasturxonni ochib ko‘rsa, uning ichida o‘q-yoy, sichqon, baliq va qush jasadi bor ekan. Eroniylar bunga o‘zicha ta’rif berishdi: – Massagetlar bizga taslim bo‘lishmoqchi, o‘q-yoy – bu bizning timsolimiz, anovi narsalar esa yovvoyilardir, – deyishdi.

Shunda podshohning dono maslahatchilaridan biri «sovg‘a»ni quyidagicha izohladi:

– Bular ogohlantirish. Ular: «Ey bosqinchilar, baliqdek suvga sho‘ng‘ib, sichqondek yerga kirib, qushdek osmonga uchib, tezda yurtimizdan yo‘qolmasalaring, bizning o‘q-yoylarimiz ostida halok bo‘lasanlar!» – demoqchi.

Kir gapga quloq solmadi va oxiri sharmandalarcha yengildi.


Savol va topshiriqlar

  1. Alifbo deb nimaga aytiladi?
  2. Hozirgi o‘zbek alifbosi qaysi yozuvga asoslangan?
  3. Hozirgi o‘zbek alifbosida nechta harf bor?
Previous articleNutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi
Next articleTalaffuz va imlo me’yorlari