U va i unlilarining talaffuzi va imlosi. Unlilar talaffuzi va imlosi

0

U va i unlilarining talaffuzi va imlosi. Unlilar talaffuzi va imlosi. У ва и унлиларининг талаффузи ва имлоси. Унлилар талаффузи ва имлоси.


So‘zlarning birinchi bo‘g‘inida r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi.

Ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladigan otlardan farqlanadi.


381-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Ularning aytilishi va yozilishidagi farqlarni tushuntirib bering. Ushbu so‘zlar ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.

Kilogramm, kiprik, yo‘lkira, kitob, kifoya, kichik, kishan, rivoj, rizolik, rivoyat, rioya qilmoq, risola.

382-mashq. Nuqtalar o‘rniga i, u harflaridan mosini qo‘yib, so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring. Ular ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.

Kund…z, yuld…zcha, tov…q, tut…n, guv…llamoq, qas…r-qus…r, uchq…n, uch…n, kampirqov…n, chur…llamoq.


Savol va topshiriqlar

  1. Birinchi bo‘g‘inda r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
  2. Birinchi bo‘g‘inida u ishtirok etgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi i qanday talaffuz etiladi va yoziladi?
Previous articleTalaffuz va imlo me’yorlari
Next articleA va O unlilari talaffuzi va imlosi