Badiiy obraz va mubolag‘ali tasvir

0

Бадиий образ ва муболағали тасвир.


Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlarning ruhiy holati, o‘y-fi krlarini aks ettiradi. Hayot insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. Inson tasviri ko‘zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obraz, qahramon yoki personaj tushunchasidir.

Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fi kr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi.

Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shu ning uchun ham biror badiiy asar o‘qiganimizda unda aks ettiri lgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilar ning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o‘qib chiqdingiz. Buning natijasi o‘laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, xotirangizda mahkam o‘rnashib qoladi.

Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar uni o‘rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo‘ladi. Biroq bular inson timsolining yo o‘ziga хosligini ko‘rsatishga, yoki uning boshqalarga o‘хshash tomonlari borligini ta’kidlashga, хizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Inson yolg‘iz o‘zi mavjud bo‘la olmaydi. Odam odamday yashashi va o‘z insonligini namoyon etishi uchun juda ko‘p narsalar kerak. Badiiy ada biyotda inson bilan bir qatorda, narsahodisalar tasviri ham zarurdir.

Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya’ni jamiyatda yasha ydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo‘ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste’dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, haqqoniy aks ettirishi kerak. Shundagina badiiy asar odamlar qalbiga kuchli ta’sir etib, zavq-shavq uyg‘otishi, kishilarni ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin.

Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiya ti va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati badiiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon de yilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz epizodik ob razlardir.

Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifatxususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi.

Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida Hasanxonning g‘azabi, Jay noqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir. Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi mubolag‘a esa g‘ulu bo‘ladi.

Previous article«Ravshan» dostoni haqida – «Равшан» достони ҳақида
Next articleAlisher Navoiy hayoti va ijodi – Алишер Навоий