To‘maris va Shiroq jasorati

0

Ozodlik uchljn kurashgan qahramonlar. To‘maris va Shiroq jasorati. Озодлик учлжн курашган қаҳрамонлар. Тўмарис ва Широқ жасорати.


Ahamoniylaming O‘rta Osiyoga kirib kelishi

Ahamoniylaming O‘rta Osiyoga kirib kelishi (Аҳамонийламинг Ўрта Осиёга кириб келиши). Miloddan awalgi VI asr o‘rtalarida qadimgi Eron hududida ahamoniylar sulolasi asos solgan Fors podsholigi hukmdorlari o‘z oldilariga yurtimiz Turonni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydilar.

Sulola vakili shoh Kir II bu maqsadni amalga oshirish uchun dastlab ajdodlarimiz massagetlar yurtini bosib olishga qaror qildi.

Kir II ning hujumi arafasida massagetlar yurtida malika To‘maris hukmronlik qilardi. Oqila va jasur hukmdor To‘maris haqida ko‘p hikoya va rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan.

Kir II qo‘shinlari bilan
Kir II qo‘shinlari bilan
To‘maris
To‘maris

Yovuz Kir II massagetlar yurtini bo‘y- sundirish uchun miloddan awalgi 530-yilda Amudaryoni kechib o‘tdi.

Hal qiluvchi jang oldidan Kir II hiyla yo‘li bilan To‘marisning o‘g‘li Sparganisni asirga tushirdi.

Kir II asir Sparganisga qarata dedi:

— Onangga ayt: menga turmushga chiqsin. Shunda sizlarni ozod qilaman.

Sparganis undan qo‘lini yechishni iltimos qildi. Qo‘llari kishandan bo‘shagan yigit nomusi zo‘rligidan yonida turgan soqchining xanjarini tortib olib o‘ziga urdi. Hayratga tushgan forslar Sparganisni ehtirom bilan dafn etdilar. O‘g‘lining odimidan larzaga tushgan To‘maris Kir II ga quyidagi maktubni yo‘lladi: «О, qonxo‘r Kir! Maqtanma, o‘g‘limni ochiq jangda emas, hiyla yo‘li bilan yengding. Endi yurtingga qayt! Aks holda tangrim nomi bilan qasam ichamanki, seni o‘z qoningga to‘y- diraman».

Kir II uning gapiga quloq solmadi. To‘maris bor qo‘shinini yig‘ib, Kir II ustiga yurish qildi. Ikki tomon o‘rtasida dahshatli jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Kir II o‘ldirildi.

To‘maris jangga otlanmoqda
To‘maris jangga otlanmoqda

Massagetlardan bir yigit Kir II rung kesilgan boshini To‘marisning oyog‘i ostiga tashladi.

Malika Kir II ning boshini qon to‘ldirilgan meshga solishni buyur- di va baland ovozda: «O‘g‘limni o‘ldirding, yurtimning qonini ichmoqchi bonding. Tirikligingda inson qoniga to‘ymagan eding. Mana, endi to‘yguningcha ich, qonxo‘r!», deb xitob qildi.

Massagetlar bilan Kir II o‘rtasidagi bu urush tillarda doston bo‘ldi. «Mening bilishimcha, urushlar ichida bunday urushni hall hech kim ko‘rmagan», deb yozgan edi Gerodot hikoyasining yakunida.


Shiroq jasorati

Shiroq jasorati (Широқ / Широк жасорати). Kir II halokatga uch- ragan bo‘lsa-da, ahamoniylar Turonni bosib olish niyatidan voz kechmadilar. Shu sulola vakili Doro I miloddan awalgi 519-yilda saklar yashayotgan hududlarni bosib olish uchun qo‘shin tortdi.

Saklar dushmanga qattiq qarshilik ko‘r- satdilar. Buni saklar qabilasiga mansub Turonning mard o‘g‘loni Shiroq jasorati misolida ko‘rish mumkin.

Doro I
Doro I

Shiroq qabiladoshlariga bosqinchilarni yo‘q qilish rejasini aytdi va o‘zining quloq, burnini kesishlarini talab qildi. Shundan so‘ng u shoh Doro I oldiga borib, vatan- doshlaridan alamzada ekanligini, ulardan o‘ch olish uchun forslarga yordam berishini, ularni sak askarlari joylashib olgan joyga yaqin yo‘ldan boshlab borishini aytdi.

Doro I quloq-burni kesilgan Shiroqning gaplariga ishondi.

Shiroq ularni cho‘l ichkarisiga bosh- ladi. Doro qo‘shini qancha yurmasin, manzildan darak bo‘lmadi. Bu orada forslar qo‘shinining oziq-ovqat zaxirasi tugadi. Darg‘azab bo‘lgan forslar aldan- ganini tushunib yetdilar. Shunda vatanparvar Shiroq ularga qarab:

— Men bir o‘zim Doro I qo‘shinini halokatga uchratdim. Vatandoshlarimni esa o‘lim va talon-tarojdan saqlab qol- dim. Dushman qo‘shini halokatga mah- kumdir, — deganicha qah-qah urib kuldi.

Shiroq dushmanlar orasida
Shiroq dushmanlar orasida

Turonning mard o‘g‘loni Shiroq dushman qo‘lida halok bo‘ldi. Lekin xalqini, Vatanini bosqmchilardan saqlab qoldi. Doroning qo‘shini sahroda qolib ketib, halokatga uchradi. Biroq ahamoniylar bu mag‘lubiyatdan so‘ng ham Turonni bo‘ysundirish niyatidan qaytgan emaslar.

Dushman harbiy kuch jihatdan baribir kuchli edi. Oxir-oqibat Fors podsholigi yurtimizni bo‘ysundirdi va har yili katta miqdorda o‘lpon to‘lab turishga majbur etdi.


Atamalar mazmunini bilib oling

Ahamoniylar — qadimgi Eronda miloddan avvalgi 558—330-yillarda hukmronlik qilgan sulola.[1]

O‘lpon — soliq.


[1] Q. Rajabov va boshq. O‘zbekiston tarixining eng asosiy sanalari. — T.: «O‘zbekiston> NMIU. 2012. 26-бет.


Savol va topshiriqlar

  1. Ahamoniylar kimlar edi va ular qachon Turonga bostirib kelganlar?
  2. To‘marts jasorati haqida nimalarni bilib oldingiz?
  3. Shiroq jasorati haqida so ‘zlab bering.
Previous articleQatag‘on nima? Қатағон нима?
Next articleShiroq jasorati (Широқ / Широк жасорати)