Kir II halokatga uch- ragan bo‘lsa-da, ahamoniylar Turonni bosib olish niyatidan voz kechmadilar. Shu sulola vakili Doro I miloddan awalgi 519-yilda saklar yashayotgan hududlarni bosib olish uchun qo‘shin tortdi.
Saklar dushmanga qattiq qarshilik ko‘r- satdilar. Buni saklar qabilasiga mansub Turonning mard o‘g‘loni Shiroq jasorati misolida ko‘rish mumkin.

Shiroq qabiladoshlariga bosqinchilarni yo‘q qilish rejasini aytdi va o‘zining quloq, burnini kesishlarini talab qildi. Shundan so‘ng u shoh Doro I oldiga borib, vatan- doshlaridan alamzada ekanligini, ulardan o‘ch olish uchun forslarga yordam berishini, ularni sak askarlari joylashib olgan joyga yaqin yo‘ldan boshlab borishini aytdi.
Doro I quloq-burni kesilgan Shiroqning gaplariga ishondi.
Shiroq ularni cho‘l ichkarisiga bosh- ladi. Doro qo‘shini qancha yurmasin, manzildan darak bo‘lmadi. Bu orada forslar qo‘shinining oziq-ovqat zaxirasi tugadi. Darg‘azab bo‘lgan forslar aldan- ganini tushunib yetdilar. Shunda vatanparvar Shiroq ularga qarab:
— Men bir o‘zim Doro I qo‘shinini halokatga uchratdim. Vatandoshlarimni esa o‘lim va talon-tarojdan saqlab qol- dim. Dushman qo‘shini halokatga mah- kumdir, — deganicha qah-qah urib kuldi.

Turonning mard o‘g‘loni Shiroq dushman qo‘lida halok bo‘ldi. Lekin xalqini, Vatanini bosqmchilardan saqlab qoldi. Doroning qo‘shini sahroda qolib ketib, halokatga uchradi. Biroq ahamoniylar bu mag‘lubiyatdan so‘ng ham Turonni bo‘ysundirish niyatidan qaytgan emaslar.
Dushman harbiy kuch jihatdan baribir kuchli edi. Oxir-oqibat Fors podsholigi yurtimizni bo‘ysundirdi va har yili katta miqdorda o‘lpon to‘lab turishga majbur etdi.
Batafsil >> To‘maris va Shiroq jasorati