Voleybol jamoasi o`yin turlariga mansub bo’lib , o`yinda ikki jamoaning har birida 6 kishi bo’lishi shart. Zahiradagi o`yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo’lish mumkin.
O`yinchilarning sport kiyimi – futbolka, trusi va shippak. O`yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to’rning balandligi quyidagicha:
Qizlar: 13-14 yoshdagilar uchun 2m 10 sm
Ayollar: 17-18 va undan katta yoshdagilar uchun 2m 24 sm O’gil bolalar: 13- 14 yoshdagilar uchun 2m 20 sm
Erkaklar:17-18 va undan katta yoshdagilar uchun 2m 43sm.
O`yin uch yoki besh partiyadan iborat bo’lib, har bir partiyada 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo’lsa, o’yin 17 ochkogacha davom etadi. So’ngi partiyada (3 va 5) da o`yin hisobi «taymberd» asosida olib boriladi. Ya‘ni o`yindagi har bir harakat natijasiga qarab to’pni o`yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo’lishidan qatiy nazar jamoaga mag’lubiyat yoki g’alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o`yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi: o`yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:
– To’pni o`yinga kiritishda: agar irg`itilmasdan to’gridan- to’gri «qo`ldan» urilsa;
– To’pni o`yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to’p irgitilsayu, lekin urilishmasdan tanaga tegsa va hakozo;
– To’pni uzatishda: to’p kaftga tegsa ilib olinsa, ikki qo’l ketma – ket yoki ham tanaga ham qo’lga tegsa va hokazo; – Zarba berishda: tana va tana qismlarini to’rga tegib ketishi (9-metrli belgilardan chegara oralig’ida) qo’nish vaqtida oyoq o’rta chiziqdan butunlay o’tib ketsa, raqib tomondagi to’pga tegilsa va hakozo.
Himoyada
– To’pni qabul qilishda: agar to’pni uzatishdagi xatolar bo’lsa;
– to’siq qo’yishda, zarba berishdagi xatolar bo’lsa, ochko olishdan yoki to’pni o`yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.
Voleybol 1895 yil o`yinining vujudga kelishi, uning dastlabki qoidalari:
Voleybol 1895 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shitatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Bulyam Morgon tomonidan yaratilgan. U voleybol o`yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutib yangi o`yinning qoidalarini ishlab chiqdi:
1896 – yilda Springsild shahridagi kollej direktori doktor Alfered Xalsted bu o`yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «parvoz qiluvchi to’p» degan ma‘noni beradi.
1897 yilda tadbiq etilgan ba‘zi bir o’yin qoidalari quydagicha edi.
- maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m
- to’pning o’lchamlari 0,65 x 8,2 sm
- to’pning vazni 340 g, aylanasi 63,5-68,5 sm
- o`yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.
1895-1920 yillarda o`yini rivojlonishining birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. O`yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quydagicha:
1900 – yil Kanada, 1908 yil – Kuba, 1910 yil – Peru, 1917 yil – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda – 1900 – 1913 yillar Yaponiya, Xitoy, Filipinda, 1914 yil – Angliya, 1917 yil – Fransiya.