J, j harfi va j, dj tovushlari. Ayrim harflar izohi

0

Ж, ж ҳарфи ва ж, дж товушлари. Айрим ҳарфлар изоҳи.


1-topshiriq. Joja, jora, jajji so‘zlarida j harfi qaysi tovushni ifodalashini ayting.

2-topshiriq. Gijda, jurnal, vijdon so‘zlaridagi j harfi qanday o‘qilishini ayting.

J, j harfi joja, jajji kabi so‘zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal, jirafa kabi so‘zlarda esa til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo‘llaniladi.

414-mashq. Vatan haqidagi quyidagi hikmatlarni qalbingizga jo qiling.

Vatan sajdagoh kabi bo‘lmog‘i lozim.

Yov kelganda, qochganlar dinsiz, dilsizlardir. O‘z jonini asrab kovaklarga berkinganlar iymonsizlardir! Ey yosh yurtdoshim! Vatanga sadoqating vijdoningga sadoqatingdir!

(G. Asqarova)

415-mashq. Sinfda uch yoki to‘rt guruhga bo‘linib, «Kim tez, kim ko‘p topadi?» musobaqasini o‘tkazing. Musobaqa bir necha bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda guruhlar 2 daqiqa ichida portlovchi j undoshi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarga, ikkinchi bosqichda 2 daqiqada tarkibida sirg‘aluvchi j undoshi bo‘lgan so‘zlarga ko‘proq misollar yozishi kerak. Har bir so‘z uchun – 1 ball. Uchinchi bosqichda j harfi bilan boshlanuvchi hayvon, qush, o‘simliklar nomini kim ko‘p topib yozish talab qilinadi. Bu shartni bajarishga ham 2 daqiqa beriladi. Har bir so‘zga – 1 ball.

Dars oxirida to‘plangan ballar hisoblanib, guruhlarning o‘rni aniqlanadi.


Savol va topshiriqlar

  1. J harfi qanday tovushlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi?
  2. J harfining yuqorida aytilgan ikkita vazifasini ko‘rsatuvchi to‘rtta misol keltiring.
Previous articleB, M undoshlaridan oldin kelgan N undoshining talaffuzi va imlosi
Next articleX, x va H, h harflari. Ayrim harflar izohi