Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O‘n amrga rioya etishga asoslanadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Sinay (Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan.

olmoqda.
Yahudiylikda aytilishicha, Muso o‘z qavmining qo‘lda yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azab lanib ketadi va Xudoning amrlari yozilgan lavhalarni sindirib tashlaydi, shundan keyin Xudo quyi dagi O‘n amrni qayta tushirgan.
- Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish.
- Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik.
- Xudoning nomini bo‘lar-bo‘lmasga tilga olavermaslik.
- Shanba kunini muqaddas bilish va shu kuni dam olish.
- Ota-onani hurmat qilish.
- Qotillik qilmaslik.
- Zino qilmaslik.
- O‘g‘rilik qilmaslik.
- O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik.
- O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman, unga tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik.
Mazkur amrlar yahudiylarning muqaddas manbasi hisoblangan Tavrot (Tora) kitobida keltirilgan.
Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi:
- «Borliq» yoki «Ibtido»;
- «Chiqish»;3) «Levit»;
- «Sonlar»; Eron podsho hi
- «Ikkinchi qonun». Kir II tomonidan