Yahudiylik marosimlari va oqimlari. Yahudiylik ta’limoti

0

Yahudiylik marosimlari va oqimlari. Yahudiylik dini marosimlari va bayramlari. Яҳудийлик маросимлари ва оқимлари. Яхудийлик дини маросимлари ва байрамлари.


Faollashtirish uchun  savol va topshiriqlar

  1. Yahudiylikdagi O‘n amr haqida eshitganmisiz?
  2. Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, Sinay (Tur) tog‘ining joy lashgan hududini aniqlang.
  3. Tur tog‘i bilan bog‘liq qanday rivoyatlarni bilasiz yoki eshitgansiz?

Yahudiylik ta’limoti

Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O‘n amrga rioya etishga asoslanadi. Ularning  e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Sinay (Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan.

Muso O‘n amrni olmoqda Моисей десять заповедей принимает..
Muso O‘n amrni
olmoqda.

Yahudiylikda aytilishicha, Muso o‘z qavmining qo‘lda yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azab lanib ketadi va Xudoning amrlari yozilgan lavhalarni sindirib tashlaydi, shundan keyin Xudo quyi dagi O‘n amrni qayta tushirgan.

  1. Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish.
  2. Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik.
  3. Xudoning nomini bo‘lar-bo‘lmasga tilga olavermaslik.
  4. Shanba kunini muqaddas bilish va shu kuni dam olish.
  5. Ota-onani hurmat qilish.
  6. Qotillik qilmaslik.
  7. Zino qilmaslik.
  8. O‘g‘rilik qilmaslik.
  9. O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik.
  10. O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman, unga tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik.

Mazkur amrlar yahudiylarning muqaddas manbasi hisoblangan Tavrot (Tora) kitobida keltirilgan.

Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi:

  • «Borliq» yoki «Ibtido»;
  • «Chiqish»;3) «Levit»;
  • «Sonlar»; Eron podsho hi
  • «Ikkinchi qonun». Kir II tomonidan

TARIXGA NAZAR

Eron podshohi Kir II tomonidan Bobil egallangach, yahudiylarning ancha qismi Kan’onga qaytib, podshohning roziligi bilan ikkinchi marta o‘z davlatlarini qayta tiklashga erishdilar. Muhojirlikda qolgan yahudiylarning bir qismi esa Sharqqa, xususan, Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tdi.

Ibodat va marosimlari

Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga yetadi.

Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar haftaning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga
bag‘ishlaydilar.

Sinagoga (yun. «jamlanish»; ibr. — «beyt kneset» — «jamlanish uyi»)da ibodatlar kamida o‘nta balog‘atga yetgan erkak kishi to‘planganda o‘tkaziladi.

«Tavrot»da jannat «Adan» nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon qilingan.

Yahudiylikda ibodat — «avoda she-ba-lev» ibroniycha «Qalb xizmati» degan ma’noni anglatadi.

Ibodat vaqtidagi eng muhim lahza va uning asosiy shartlaridan biri  «Tavrot» o‘ramalarining tugunlar ichidan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan baland ovozda o‘qilishidir. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas, uyda ham ibodat qilinadi.

Uylarda kirish eshigining yuqorisida «mezuza» deb nomlangan, uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yilgan «Tavrot» jumlalari yozilgan bo‘ladi. Uyga kirish va chiqishda yahudiylar «mezuza»ga qo‘l tekkizib, barmoqlarini o‘padilar. Yahudiylar «mezuza» ularni yovuz ruhlar yomonligidan saqlaydi, deb e’tiqod qiladilar. Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib, yelkaga esa chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan 16 tasi tik turgan holda aytiladi. Boshqalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turish kabi harakatlar qilinadi.

Sinagogalarda, albatta, uch unsur joy olishi shart. Bu Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga yo‘nalgan muqaddas sandiq (shkaf) — Aron Kodesh ichida «Tavrot» tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u masjiddagi «mehrob»ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.

Ner Tamid — (ibr. «abadiy shamchiroq») sinagogada «Tavrot» solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib turuvchi shamchiroqdir. Singogalarda Ner Tamid Menorani eslatib turuvchi ramz sifatida qo‘yiladi.

Bima (yoki teva, almemar) esa — sinagoganing markazida joylashgan «Tavrot» o‘qiladigan minbardir.

Yahudiylik dini bayramlari

Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi kun) mavjud.

Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi.

Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan.

O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart.

Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi.

Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyingi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga «Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.

Sukkot      (chodirlar       bayrami) yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan.

Milliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi.

Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.

Hanukka   (ibr. — «yangilanish», «yoritish») yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.

Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.

Yahudiylikda dafn marosimi

Yahudiylikda dafn marosimi ham muayyan o‘ziga xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari max- Hanukka bayrami sus kiyim kiyib, sham yoqishadi. Mayitni oq kafanga o‘rab, «Kaddish» (oromiycha — «Muqaddas», sinagogalarda o‘qiladigan ibodat duosi) o‘qiydilar.

Jasad chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, mayitni xotirlab «yil marosimi» («Yorsayt») o‘tkaziladi. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlarni xotirlab «Yizkor» deb nomlanadigan maxsus duolar o‘qiladi.

Oqimlar

Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida boshqa dinlarda bo‘lgani kabi yahudiylikda ham ichki bo‘linishlar yuzaga kelgan. Ular orasida eng keng tarqalganlari saduqiylik, farziylik, essaniylik, hasidiylik, qaroim, islohotchi, konservativ kabi oqimlardir.

Saduqiylik klassik oqimlar orasida muayyan o‘ziga xosliklari bilan boshqalardan farqlanadi. Mazkur oqimning vakillari asosan yirik yer egalari, yuqori qatlam vakillari (aristokratlar)dan bo‘lishgan.

Saduqiylik ta’limotiga ko‘ra ruh abadiy emasligi ta’kidlanadi. Insonning qayta tirilishi, farishtalarning mavjudligi inkor etiladi. Saduqiylar Xudo bandalarining

Saduqiy atamasi Sulaymon payg‘ambar podshohlik qilgan davrda ruhoniy bo‘lgan Sadoka (Sadok) nomidan kelib chiqqan.

Farziylar — ibr. «perushim» — «ayri bo‘lish», «nopokliklardan uzoq bo‘lish».

ishiga aralashmaydi, har bir inson taqdirini o‘zi yaratadi, deb hisoblaydilar.

Farziylar oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga kelgan. Shuningdek, saduqiylikdan farqli ravishda farziylarning o‘zagini quyi tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan.

Yahudiylik qonun-qoidalariga qattiq rioya qilinishini talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat qilishi, bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan keyin qayta tirilish, jannat, jahannam, farishtalar, jazo va mukofotning borligiga ishonishga asoslanadi.

Issiyim, ya’ni Essaniylar saduqiylik va farziylik bilan bir davrda paydo bo‘lgan klassik oqimlardan biridir. Essaniylarning e’tiqod asoslari farziylarnikiga yaqin bo‘lib, ular insonlarning taqdiri oldindan yozib qo‘yilganini, qayta tirilish va farishtalarning mavjudligini e’tirof etadilar. Masalan, farishtalar — muqaddas mavjudotlar, «Osmon o‘g‘illari», amalga oshiradigan ishlariga qarab «Nurlar qiroli», «Zulmat farishtasi», «Ozodlik farishtasi», «Mastemah (shayton)», «Saqlovchi farishtalar» kabi sinflarga ajratiladi.

Essaniylar. Ессанцы
Essaniylar

Ularning ta’limotiga ko‘ra, inson vafot etgandan so‘ng uning ruhi osmonga ko‘tarilib, yaxshi ruhlar abadiy baxtli hayot kechiradilar, yomon ruhlar esa, qahraton sovuqda azoblanadilar.

XVIII asrning birinchi choragida yuzaga kelgan hasidiylik (ibr. — «dindorlar») o‘rta asr oqimlar ichida alohida o‘rinni egallaydi. Bu ta’limot tarafdorlari dinning mohiyatiga aql bilan emas, balki his-tuyg‘ular orqali erishiladi, degan tamoyildan kelib chiqib, din qonunlarini o‘rganishni emas, balki diniy hissiyot va axloqni birinchi o‘ringa qo‘yishadi.

Hasidiylar shanba va bayram kunlari «shtrayml» nomli telpak kiyishlari bilan boshqa oqimlardan ajralib turadi.

Hasidiylar hayotning barcha jabhalarida axloq normalarga qattiq rioya etib, «Tavrot»da belgilangan buyruqlarni bekam-ko‘st bajarishga harakat qiladilar.


Islohotchi yahudiylik

«Islohotchi yahudiylik» zamonaviy oqimi XIX asr boshlarida Germaniyada yuzaga kelgan bo‘lsa-da, AQSH da shakllandi. Ushbu oqim yuzaga kelishiga Markaziy Yevropada yashovchi yahudiylarning o‘zlari yashayotgan mamlakat madaniyatiga moslashishga chaqiriqlari g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.

«Islohotchi yahudiylik»ka xos xususiyatlar shundaki, uning ta’limotiga ko‘ra, «yahudiylar endi bir xalq (millat) emas, balki bir jamoatdir, qadim yahudiy qonun-qoidalaridan faqatgina zamonaviy hayot tarziga mos bo‘lganlarigina qabul qilinishi mumkin» deyiladi.

Masalan, shanba kungi ibodat yakshanba kuniga ko‘chirilgan, sinagogada ayollar erkaklar bilan yonma-yon o‘tirib ibodat qilishlari hamda ruhoniy sifatida marosimlarni boshqarishi ham mumkin.

Bundan tashqari, ibodat vaqtida bosh kiyim kiyish  majburiyati yo‘q. Boshqa e’tiqod vakillari bilan nikoh munosabatlariga kirishishga monelik qilinmaydi.

Bugungi kunda, islohotchi yahudiylar soni Isroilda taxminan 5–6 ming kishi bo‘lsa, AQSHda yashovchi yahudiylarning 40 foizini tashkil qiladi.

Ota-onasidan qaysi biri yahudiyligidan qat’i nazar farzand ham yahudiy, deb e’tirof etiladi.

Islohotchi yahudiylikka javob sifatida konservativ yahudiylik yuzaga kelgan. Konservativ yahudiylikda boshqa e’tiqod vakillari bilan oila qurish qabul qilinmaydi va faqat yahudiy onadan tug‘ilgan bola yahudiy deb hisoblanadi.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Yahudiylikda yuzaga kelgan oqimlar o‘rtasida qanday umumiylik va bir-biriga zid bo‘lgan g‘oyalar mavjud?
  2. Yahudiylik dinining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
  3. Tur tog‘ining qadimiy nomlarini aniqlang. Yahudiy jamoalarning dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.
Previous articleYahudiylik. Yahudiyllar dinining xususiyatlari
Next articleYahudiylik ta’limoti