Yalpiz – Ялпиз

0

Yalpiz ariq bo‘ylarida o‘sadigan ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik. Barg va poyalari hushbo‘y hidga ega (46-rasm).

46-rasm. Yalpiz
46-rasm. Yalpiz

Chunki bu o‘simlik tarkibida mentol va efir moylari bo‘lib, ular asabni tinchlantirishga yordam beradi. Yalpiz barglari suyuq ovqat yoki somsaga qo‘shib iste’mol qilinadi.

Yoz oylarida sharbat yoki kompot tarkibiga yalpiz barglaridan qo‘shib, chanqovbosdi ichimlik tayyorlanadi. Yalpiz balg‘amni ko‘chiradi, nafas yo‘li kasalliklarining oldini olishda, jigar xastaliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. Uning yer ustkiqismidan tayyorlangan qaynatmasi tish og‘rig‘i, milk yallig‘lanishini davolash uchun tavsiya etiladi.


Batafsil >> O‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar

Previous articleO‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar
Next articleNa’matak – Наъматак