Geografik koordinatalar

0

Geografik koordinatalar. Географик координаталар.


Yer yuzidagi biror joyni, uning o‘rnini, xarita yoki globusdan qanday topish mumkin? Bolalar, siz shaxmat, shashka taxtasini bilasiz. Undagi har bir katakning o‘rni harf va raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf va raqamlar yordamida kerakli katakni osongina topib olasiz. Agar sizlar geografik xarita va globusga e’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar bilan qoplanganini ko‘rasiz. Ular meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita va globuslarni qoplagan katakchalarni bir-biridan ajratib turgan chiziqlar to‘ri daraja (gradus) to‘ri deyiladi.

Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan, quyiladigan joylarni, okean va dengizlardagi orollar o‘rnini aniqlash mumkin.

Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar geografik kenglikni bil- diradi. Geografik kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Ekvator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. Qutblar kengligi esa 90° deb olingan. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning geografik kengligini aniqlash uchun uning qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalar (joylar)ning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi (26-rasm).

26-rasm. Geografik kengliklar
26-rasm. Geografik kengliklar

Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritalardagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniq- lashda geografik kenglikni bilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash ham zarur. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja (gradus) hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o‘tgan meridian Bosh meridian deb qabul qilingan. Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar bo‘ylab sharq va g‘arb tomonlarga daraja (gradus) hisobidagi birlikda hisoblab boriladi. Geografik uzunlik 0° dan 180° gacha hisoblanadi. 0° li (Bosh) meridiandan g‘arb tomondagi nuqtalar g‘arbiy uzunlik, sharq tomondagilari sharqiy uzunlik deyiladi (27-rasm).

27-rasm. Geografik uzunliklar
27-rasm. Geografik uzunliklar

Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik uzunliklar esa ekvator chizig‘i ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi. Geografik xaritalarda geografik kenglik darajalari xaritalarning chap va o‘ng chekkasidagi ramkasi (chiziqlar) yoniga, geografik uzun- liklar darajalari xaritalarning yuqori va pastki chekkasidagi meridian chiziqlar yoniga yozib qo‘yiladi.

28-rasm. Geografik koordinatalarni sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniqlash
28-rasm. Geografik koordinatalarni sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniqlash

Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geo- grafik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil etadi.

Hozirgi kunda geografik koordinatalar Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi zamonaviy asboblar, jumladan GPS navigatorlar yordamida ham aniqlanmoqda (39-betdagi 28-rasm).


Tayanch so‘z va tushunchalar

  • Daraja to’ri
  • Geografik uzunlik
  • Geografik koodinata Janubiy kenglik G’arbiy uzunlik
  • Geografik kenglik Bosh meridian Shimoliy kenglik Sharqiy uzunlik
  • Yerning sun’iy yo‘ldoshlari

Savollar

  1. Daraja to‘ri nima? U nima uchun kerak?
  2. Geografik kenglik nima? Geografik uzunlik deb nimaga aytiladi?
  3. O‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan Tosh- kent va Qohira shaharlari qaysi kenglik va uzunliklarda joylashganligini toping.
  4. Darslik hamda o‘quv atlasidagi ma’lumotlar asosida quyi- dagi topshiriqlarni bajaring:
  5. «Tanlang» bandidan foydalanib jumlani to‘ldiring: «Geografik kengliklar globusda parallellarga … yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik uzunliklar esa … ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi».
Previous articleZoospora nima? Зооспора нима?
Next articleYerning ichki tuzilishi