Yassaviya tariqati – Яссавия тариқати

0

Yassaviya tariqati – Яссавия тариқати.


Yassaviya. Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog‘istonning janubidagi Chimkent viloyati Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yassida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan.

Amir Temur qurdirgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi
Amir Temur qurdirgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi

Ahmad Yassaviy o‘zining «Devoni Hikmat» asarida ma’naviy poklanish, axloq, halollik, bag‘rikenglik g‘oya larini she’riy uslubda bayon qilgan. Yassaviylikning o‘ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar o‘qish, dunyo lazzatlaridan qisman voz kechishda aks etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan.

Yassaviya tariqatida Allohni tanish (ma’rifatulloh), Mutlaq javonmardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur muhim o‘rin tutadi.


Batafsil >> Tasavvuf va tariqatlar

Previous articleSo‘fiy nima? Сўфий нима?
Next articleKubraviya tariqati – Кубравия тариқати