Kubraviya tariqati – Кубравия тариқати

0

Kubraviya tariqati – Кубравия тариқати


Kubraviya — Yassaviylik bilan bir asrda yuzaga kelgan tariqatlardan biri. Bu tariqatning asoschisi — Shayx Najmiddin Kubro Xivaqiy (1145–1221).

Shayx Najmiddin Kubro maqbarasi
Shayx Najmiddin Kubro maqbarasi

U Xorazmdagi Xivaq shahrida dunyoga kelgan. Shayx Najmiddin Kubro kubraviya yoki «zahabiya» deb ataluv chi tariqatga asos solgan. Mazkur tariqatchilar orasida «xufiya» zikr qilish keng qo‘llangan. Uning eng mash- hur asari «Usuli ashara» bo‘lib, u barcha tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

1221-yilning iyulida Chingizxonning lashkarboshilaridan biri Xulaguxonga qarshi 76 yoshli Shayx Najmiddin Kubro xalq orasidan lashkar to‘playdi va Urganch qal’asini «Yo Vatan, yo shrofatli o‘lim» shiori ostida bir necha kun dushmandan saqlab turadi. Mazkur jang paytida shayx Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi.

Najmiddin Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. Kubraviya ta’limoti mo‘g‘ullar istilosiga bardosh bergan ta’limotlardan biridir. Bu ta’limot mo‘g‘ul qabilalari va hukmdorlarining islom dinini qabul qilishida katta ta’sir ko‘rsatgan.


Batafsil >> Tasavvuf va tariqatlar

Previous articleYassaviya tariqati – Яссавия тариқати
Next articleNaqshbandiylik tariqati haqida – Нақшбандийлик тариқати