Yevropada ilm-fan kas iifiyotlari

0

Европада илм-фан кас иифиётлари.


Nikolay Kopernik

Nikolay Kopernik (Николай Коперник). XVI asrdan boshlab Yevropada ham ihn-fan taraqqiy eta boshladi. Ayniqsa, tabiiy fanlari sohasida buyuk kashfiyotlar amalga oshirildi.

Nikolay Kopernik
Nikolay Kopernik

Bu kashfiyotlar polshalik Nikolay Kopernik va Italiya olimlari Jordano Bmno va Galileo Galileylar nomi bilan bog‘liqdir. Polshalik astronom ohm Nikolay Kopernik o‘zigacha astrono­miya fanida hukm surib kelgan qoida va tasawurlar- ning noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Kopernikka- cha astronomiyada qanday qoida hukmron bo‘lgan?

Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan. Bu qoidaga ko‘ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi. Yerning o‘zi harakatsizdir. Pto­lemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik isbotladi. U 30 yillik kuzatishlari natijasida Ptolemey qoidasini rad etdi.

Kopernik Yer bir sutkada o‘z o‘qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Olamning markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu haqiqat fandagi buyuk kashfiyot edi.

Yodda tuting!

Nikolay Kopernik olamning markazi Quyosh ekanligini isbotlab berdi.

Quyosh — olam markazi
Quyosh — olam markazi

Bu kashfiyot ayni paytda diniy aqidalarga ham zarba berdi. Kopernik «Osmon jismlari- ning aylanishi haqida» kitobida o‘z kashfiyo- tining mazmunini bay on qildi. Mazkur kitob tezda mashhur bo‘lib ketdi. Biroq, kitob ruhoniylarning qahriga uchradi va taqiqlab qo‘yildi.


Jordano Bruno

Jordano Bruno (Жордано Бруно). Italiyalik olim Jordano Bru­no yoshligidanoq astronomiya faniga katta qiziqish bilan qaradi. Shu soha olimlarining asarlarini qunt bilan o‘rgandi.

Jordano Bruno
Jordano Bruno

Nikolay Ko­pernik qoidasini yoqlab chiqdi. Uning fikricha, olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yul- duzlardan iborat. Ulaming har biri Yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir. Jordano Bruno bunday fikrlari uchun ruhoniylar tomonidan zindonga tashlandi. Biroq, zindon azobi ham uni o‘z fikridan qaytara olmadi. Brunoning dushmani bo‘lgan ruhoniylar uni 1600-yilda gulxanda yoqib kuydirdilar.


Galileo Galiley

Galileo Galiley (Галилео Галилей). Italiyaning yana bir olimi Galiley dunyoda birinchi bo‘lib Nikolay Ko­pernik va Jordano Bruno aytgan fikrlar to‘g‘- riligini osmon jismlarini o‘zi yaratgan teleskop yordamida kuzatish orqali isbotlab berdi.

Galileo Galiley
Galileo Galiley

Bu ishi uchun 1633-yilda ruhoniylar uni qat- tiq ta’qib ostiga oldilar. O‘lim bilan qohqitib, qattiq azob-uqubatlarga duchor etdilar. Na- tijada, Galiley o‘z fikridan voz kechishga maj- bur bo‘ldi.

Biroq, u qalban Kopernik ta’limotining tarafdori bo‘lib qolaverdi


Savol va topshiriqlar

  1. Yevropa olimlari astronomiya Umi rivojiga qanday hissa qo ‘shdilar?
  2. Nega nihoniylar astronom olimlarni ta ’qib ostiga olganlar?
Previous articleXilxona nima? Хилхона нима?
Next articleTeleskop nima? Телескоп нима?