Yulduzlar. Yulduzga qarab oriyentirlash

0

Yulduzlar. Tunda osmonga qarasangiz, juda ko‘plab yulduzlar tartibsiz sochilib yotganga o‘xshaydi. Aslida ular osmonda tartibsiz sochilib yotmaydi. Hozirgi vaqtda olimlar rasadxona (observatoriya)-larda yulduzlarning kattaligi, harorati, kimyoviy tarkibi va harakat- larini, shuningdek, o‘zaro joylashgan o‘rinlarini ham o‘rganishmoqda.

Yulduzlar nihoyatda qizib yotgan, Yerdan juda uzoqda joylashgan osmon yoritgichlaridir. Ularni odamlar qadimdan guruhlarga ajra- tishgan va har bir guruhga nom berishgan. Bular yulduz turkumlari deb ataladi. Masalan, Tarozu, Chayon, Qavs va boshqalar.

Bolalar, Sizlar Katta Ayiq yulduzlar turkumini bilsangiz ke¬rak. Ularni xayolan chiziq bilan tutashtirsangiz shakli cho‘michga o‘xshaydi. Cho‘mich bandidagi ikkinchi yulduz yonida kichik yulduz- cha bor. Qadimda jangchilarning ko‘zi o‘tkirligini shu yulduzni ko‘ra olishiga qarab aniqlashgan. Bizga ko‘rinib turadigan ancha yorug‘ yulduzlardan biri Oltin Qoziq (qutb) yulduzidir. Bu yulduz hamma vaqt ham osmonda bir joyda — Shimoliy qutb ustida turadi.

Oltin Qoziq (qutb) yulduzini osongina topsa bo‘ladi. Buning uchun Katta Ayiq yulduzlar turkumi — cho‘michning chekkadagi ikkita yulduz oralig‘idagi masofani besh marta qo‘yib chiqilsa, Oltin Qoziq yulduziga boradi.

Yulduzga qarab oriyentirlash

Yulduzga qarab oriyentirlash. Oltin Qoziq yulduziga qarab shi- molga, demak, boshqa tomonlarga bo‘lgan yo‘nalishni ham aniqlash mumkin. Agar old tomoningiz bilan shimolga qarab tursangiz, o‘ng tomoningiz sharq, chap tomoningiz g‘arb, orqa tomoningiz janub bo‘ladi (9-rasm). O‘zi turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash oriyentirlash deyiladi. Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-g‘arb ufqning oraliq tomonlaridir. Bular yana kichikroq oraliq tomonlarga bo‘linadi. Masalan, sh.sh.shq., j.j.shq. (10-rasm).

10 -rasm. Ufqning asosiy va oraliq tomonlari.
10 -rasm. Ufqning asosiy va oraliq tomonlari.

Ufq tomonlarini yulduzlarga qarab faqat kechasi aniqlash mum- kin. Kunduzi-chi? Kunduzi Quyoshga qarab aniqlasa bo‘ladi.


  1. Yulduzlar sayyoralardan nimasi bilan farq qiladi?
  2. Oriyentirlash deb nimaga aytiladi?
Previous articleQuyosh va Oy
Next articleYerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va kattaligi