Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot

0

Tırık organızmlarnıng xılma- xıllıgı. Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot.

Barcha tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, o‘sadi va rivojlanadi. Avvalgi mavzularda tirik organizmlar hujayra- lardan iborat ekanligini bilib oldik. Barcha tirik organizmlar proka- riot va eukariot hujayradan tuzilganligi, hujayrasining katta-kichik- ligi, avtotrof va geterotrof oziqlanishi va boshqa belgilariga ko‘ra farqlanadi.

Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lib, ular bakteriyalar dunyosi, zam burug‘lar dunyosi, o‘simliklar dunyosi va hayvonot dunyosiga bo‘linadi (17- rasm).

17- rasm. Tirik organizmlar: a– bakteriyalar dunyosi; b – zamburug‘lar dunyosi; c – o‘simliklar dunyosi; d – hayvonot dunyosi
17- rasm. Tirik organizmlar: a– bakteriyalar dunyosi; b – zamburug‘lar dunyosi; c – o‘simliklar dunyosi; d – hayvonot dunyosi

Bakteriyalar dunyosi – asosan, geterotrof oziqlanuvchi prokariot organizmlardan iborat. Bakteriyalarni faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin. Ular doimiy ravishda atrofimizda mavjud, lekin juda kichik bo‘lganligi sababli ko‘zimizga ko‘rinmaydi. Bakteriya- larga sil tayoqchasi, achituvchi va chirituvchi bakteriyalar kiradi.

Zamburug‘lar dunyosi – erkin harakat qila olmaydigan eukari- ot organizmlar, geterotrof usulda oziqlanadi. Ingichka ipchalar – gifalar yordamida tuproqqa birikadi. Zamburug‘larda sporasi max- sus boshoqchasida yoki qalpoqchasida yetiladi. Ular mikroskopda ko‘rinadigan achitqi zamburug‘idan tortib, yirik qo‘ziqorinlargacha bo‘lgan organizmlarni o‘z ichiga oladi.

O‘simlik dunyosi flora deyiladi. O‘simliklar erkin harakatlana olmaydigan eukariot organizmlar. Atrofimizdagi yashil o‘simliklar avtotrof usulda oziqlanadi. Ko‘pchilik vakillari yashil xlorofill pig- menti hisobiga fotosintez qiladi. Fotosintez – o‘simliklarning oziqlanish turi bo‘lib, bunda o‘simlik karbonat angidrid gazini yutib, atmosferaga kislorod gazini ajratadi. Fotosintez natijasida organik moddalar ham hosil bo‘ladi.

Hayvonot dunyosi fauna deyiladi. Ular erkin harakatlana ola- digan eukariot organizmlar bo‘lib, oziqlanishi geterotrof usulda amalga oshadi. Ko‘p hujayrali hayvonlar nerv sistemasi va sezgi organlari (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish)ning mavjudligi bilan boshqa tirik organizmlardan farq qiladi. Hayvonlar nerv sistemasi va sezgi organlari yordamida tashqi muhitdan kelayotgan ma’lumotni qabul qiladi va unga javob qaytaradi.

Organik olamda yana shunday mavjudotlar borki, ular mustaqil yashay olmaydi. Bunday hayot shakllari viruslar deyiladi.

Viruslar

Viruslar. Viruslar hayotning hujayrasiz shakli bo‘lib, jonsiz va jonli tabiat o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Chunki viruslar faqat hujayra ichiga kirgandagina tirik organizmlarga o‘xshash belgilarni namoyon qiladi, ya’ni ko‘payadi. Hujayradan tashqarida tiriklik- ka xos belgilarni namoyon qilmaydi. Viruslar hujayra ichiga kirib, uning ozuqa moddasi hisobiga ko‘payadi va hujayrani nobud qi- ladi. Viruslar hamma hujayraga ham ta’sir qilavermaydi. Masalan, gepatit A va B virusi jigar hujayralarida, gripp va koronavirus nafas yo‘llarining shilliq qavatida, gerpes virusi lab epiteliysida parazitlik qiladi. Bakteriyalarda bakteriofag, o‘simliklarda tamaki mozaikasi virusi, hayvonlarda quturish virusi parazitlik qiladi.

Viruslar odamda gripp, gepatit, ensefalit, OITS va boshqa kasal- liklarini keltirib chiqaradi. Virusli kasalliklarning eng keng tarqalgan turi gripp bo‘lib, uning dastlabki belgilari haroratning ko‘tarilishi, ishtahaning pasayishi, lanjlik, umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Bunday paytda bemorga ko‘p suyuqlik ichirish va shifokorga mu- rojaat qilish zarur bo‘ladi.


  1. Tirik organizmlar qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir- biriga o‘x- shaydi?
  2. Bakteriyalar dunyosiga qanday organizmlar kiradi?
  3. Achitqi zamburug‘i qaysi dunyo vakili hisoblanadi?
  4. Fotosintez nima?
  5. Hayvonot dunyosi qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
  6. Viruslar odamda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Previous articleHujayra – tiriklikning asosi
Next articleDunyo dinlar tarixi (So‘zboshi)