Yuridik javobgarlik / Юридик жавобгарлик

0

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishboshqarmasining kunlik nazorat natijalariga ko‘ra, 2017- yil oktabroyidan 2018- yil oktabr oyigacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida qonuntalablari buzilgan 14 ming 733 holat aniqlangan. 2017- yilda mansabdorshaxslar tomonidan sanoat chiqindilarini tashish masalasida 48 marta,yo‘q qilishda 7 marta qonunbuzarlik holatiga yo‘l qo‘yilgan. Maishiychiqindilarni tashishda fuqarolar o‘rtasida 90 marta qonunbuzarlik holativujudga kelgan.

Shuningdek, 2017- yilning dekabr – 2018- yil may oylari oralig‘idachiqindilar bilan ishlashda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 517 fuqarojavobgarlikka tortilib, ularga 93,1 million so‘m jarima solingan.

Jamiyat, 2018- yil, №41


O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagikodeksi 128- moddasiga ko‘ra, haydovchilarning tashqi yoritishasboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek,yo‘lovchilarga loyqa sachratishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismimiqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (101 365 so‘m).

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilgandankeyin bir yil davomida takror sodir etish – eng kam ish haqining birbaravari miqdorida (202 730 so‘m), shunday huquqbuzarlikni ikki martama’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodiretish – eng kam ish haqining uch baravari miqdorida (608 190 so‘m),xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazoqo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish – eng kam ishhaqining to‘rt baravari (810 920 so‘m) miqdorida jarima solishga yokitransport vositasini boshqarish huquqidan – olti oy muddatga mahrumetishga sabab bo‘ladi.

“Adolat ko‘zgusi”, 2019- yil, №20


Nodir Matnazarov hamda Olim Bozorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)

Uchtepa tumani Lutfi y ko‘chasida joylashgan oshxona atrofi da 8ming AQSH dollarini qonunga xilof ravishda 68.400.000 so‘mgasotayotganida “qopqon”ga tushdi. Xorij valutasi bilan noqonuniysavdo-sotiq qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Attang, bunday bo‘lishini bilmabman”, deya afsusda ular.

Aytish kerakki, huquqbuzurlar daromad olish maqsadida qonuntalablarini buzgan. Dollar oldi-sotdisidan pul ishlab olamandeganlarning savdosi “pishmadi”. Oqibati esa xunuk bo‘ldi.

Xorij valutasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan hujjatrasmiylashtirildi. Ularning ikkalasi ham jazoga tortildi.

8 ming AQSH dollari esa davlat hisobiga o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Toshkent oqshomi, 2019- yil, №83


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Yuqoridagi parchalarda keltirilgan huquqbuzarliklar, ko‘ribturganingizdek, har xil sohalarga taalluqli. Lekin, ayting-chi,ularning qanday umumiy jihatlari bor?
  2. Keltirilgan parchalardagi huquqbuzarliklar uchun qanday jazochoralarini qo‘llash kerak deb o‘ylaysiz?
  3. Bu jazo choralarini qo‘llash huquqbuzarlikni sodir etganshaxslarning kelgusida bunday xatti-harakatlar qilmasliklariningoldini ola oladimi? Javobingizni asoslang
  4. Parchalarda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi jazoga loyiqhuquqbuzarlikka misol bormi? Javobingizni asos lang.

Huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi, har qanday huquqbuzarlikma’lum bir javobgarlik bilan bo‘g‘langanligi tabiiy hol. Lekin ijtimoiyja vob garlikning barcha shakllari ham doimo huquqiy javobgarlik bilanay nan bir xil emas.

Huquqiy normalarga asoslangan va davlat majburlov normalari bilanbog‘ liq bo‘lgan javobgarlik yuridik javobgarlikni tashkil qiladi va aynanshu javobgarlikni o‘rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir.

Yuridik javobgarlikka asos bo‘lib huquqbuzarlik, ya’ni huquqiynorma larni buzish hisoblanadi.

Yuridik javobgarlik – huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsninghuquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlatmaj burlov choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularniboshi dan kechirishidir.

Huquqbuzarlik turlari yuridik javobgarlik turlariga mutanosibdir:

  • fuqarolik huquqbuzarligi – fuqaroviy (moddiy) huquqiy javobgarlikni;
  • ma’muriy huquqbuzarlik – ma’muriy javobgarlikni;
  • intizomiy huquqbuzarlik – intizomiy javobgarlikni;
  • jinoiy huquqbuzarlik – jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Yuridik javobgarlik sud tartibida, ma’muriy tartibda yoki intizomiy tartibda amalga oshiriladi.

Yuridik javobgarlikning ikki turi farqlanadi:

1) Jarima yoki jazo;

2) Huquqni tiklovchi javobgarlik.

Jarima yoki jazo turi o‘z navbatida quyidagilardan iborat:

Vakolatli organ qonun asosida huquqbuzarga nisbatan yuridikjavobgarlik choralarini qo‘llaydi. Bu choralar ijtimoiy munosabatlarnimustahkamlash, tartibga solish va muhofaza qilishga qaratilgandir.

Yuridik javobgarlik quyidagi tamoyillarga asoslanadi: qonuniylik; adolatparvarlik; jazoning muqarrarligi; maqsadga muvofi qlik; bag‘rikenglik; ayb uchun javobgarlik; huquqbuzarning bitta huquqbuzarlik uchun bir nechatomonlama javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Intizomiy — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga binoan quyidagi turlardan iboratdir:

♦ hayfsan; jarima solish; mehnat shartnomasini bekor qilish.

Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (organ lar) tomonidan qo‘llaniladi.

Fuqaroviy — fuqarolik huquqbuzarligi uchun aybdor shaxsning to‘liqmod diy va ma’naviy javob berishidir.

Ma’muriy jazolar quyidagilar:

♦ jarima; haqini to‘lash sharti bilan buyumni olib qo‘yish; buyumnimuso dara qilish; maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqi dan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish; ma’muriy qamoq: 3 sutkadan 15 sutkagacha, ayrim hollarda 30 sutkagacha.

Jinoiy jazolar — Jinoyat Kodeksining 43- moddasiga binoan, quyidagilar:

♦ jarima; muayyan huquqdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xiz mat bo‘yicha cheklash; qamoq; intizomiy qismga jo‘natish; ozodlikdanmah rum qilish.

Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari quyidagi qo‘shimcha jazochoralar ham belgilanadi:

♦ harbiy yoki maxsus unvonlardan mahrum qilish;

♦ huquqni tiklash javobgarligi – nohaq buzilgan huquqlarni tiklash, baja ril magan majburiyatlarni majburlab bajartirishdan iborat.

Bunda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs davlat organlarini aralashtirmasdan, o‘z tashabbusi bilan, buzilgan huquqlarini o‘zi tiklashi mumkin. Lekin, shun da ham unga nisbatan qo‘shimcha jazo choralari ko‘rilishi mumkin.


Hikmatlar xazinasidan!

Qattiq jazo choralarini qo‘llab, jinoyat uchun o‘zaro javobgarlikti zi mi joriy etilganida odamlar o‘zlarida qonun kuchini sinab ko‘rishgajur’at qila olishmaydi.

(Shan Yan)


Sharhlang!

Qonunlar davr taqozosi, zamona so‘rovi tufayli yuzaga keladi, ehti yojva zarurat zamirida yaraladi. Ehtiyoj va zarurat esa sharoit yetilsaginahosil bo‘ladi. Ana shu sharoit (zamirida) jinoyatga yarasha jazo tayinlashama li yoti ham takomillashib borishi tabiiydir.


Ijodiy faoliyat

“Huquqbuzarlik tushunchasi” mavzusi oxirida berilgan “Ijodiyfa oli yat” rukni ostida tuzgan hikoyangizdagi huquqbuzarliklar uchunsiz tuzgan Shartli davlatingiz qonunchiligiga asoslanib jazo choralaribel gilang.

Bunda huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligi tamoyili bilan birqator da “bag‘rikenglik” tamoyilini ham yoddan chiqarmang!


2008- yilning 1- yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinib, uning o‘rnigaumrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosinijoriy etish belgilandi.

Jamiyat hayotini idora etishda ma’lum bir huquqiy usul larningmav judligi shu jamiyatdagi madaniy-ma’naviy ahvol, ijti moiy adolatdara jasidan dalolat beradi. Shu ma’noda tarixiy-ma daniy taraqqiyotimizuchun an’anaviy bo‘lmish qonunchilikning tu zukchilik shakli o‘shaqadim zamonlardanoq ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topgan. Xitoy tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra xo qonlik alohida muhofazada turadigan “Turkiy tuzuk”lar (qonunlar majmuasi) asosida tartibga solin ganva har bir qilingan qonunbuzarliklar, jinoyatlar uchun jazolar belgi langan.

Tuzukchilik — qonunchilik amaliy hayotga bog‘liq holda shakllanibbor gan. Masalan, jinoyatchi biron kimsaning ko‘ziga ziyon yetkazgantaq dirda, belgilangan javobgarlikka ko‘ra ayb lanuvchi jabrlanganga o‘zqizini, qizi bo‘lmasa, ayolining mol-mul kini berishi shart qilib qo‘yil gan.

Xullas, jamiyat va davlatni qonun lar asosida boshqarish hamda mam lakat aholisining qo nun larga so‘zsiz amal qilish an’anasi o‘z davriga xosravish da davom etgan hamda takomillashib borgan.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Yuridik javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
  2. Yuridik javobgarlikning qanday tur lari mavjud?
  3. Yuridik javobgarlikka nima asos bo‘lib xizmat qiladi?
  4. Yuridik javobgarlik qanday tartibda amalga oshiriladi?
  5. Intizomiy jazo qay holatlarda belgilanadi? Uning qanday turlari mavjud?
  6. Fuqaroviy javobgarlik qanday hollarda qo‘llani shini ayting.
  7. Ma’muriy javobjarlikka qanday turdagi jazolar kiradi?
  8. Jinoiy javobgarlikning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
  9. Yuridik javobgarlikka tortish kim tomonidan amalga oshiriladi?
  10. Yuridik javobgarlik qanday tamoyillarga asoslanadi?
Previous articleHuquqbuzarlik subyekti nima? Ҳуқуқбузарлик субъекти
Next articleHuquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari