Abdulla Avloniy

0

Abdulla Avloniy hayoti va ijodi. Aziz bolalar, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining taniq-  li namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda toshkent shahrining mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida tug‘ildi. U yetti yoshida o‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabga o‘qishga bordi, uni 1890-yilda tugatgach, shu mahalladagi madrasada tahsil oldi. Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi. Qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yosh Abdullada she’r yozishga ishtiyoq o‘n besh-o‘n olti yoshlarida paydo bo‘ldi.

Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari 1894-yilda bitilgan. U 1905-yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalari da qatna sha boshladi. Abdulla Avloniy biroz muddat – 1905–1908yillarda gazetchilik bilan shug‘ullandi. 1906-yilda chiqa boshlagan «taraqqiy», «xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi. 1907-yil 4-dekabrda Avloniy muharrirligida bu gazetaning birinchi soni bosmadan chiqdi. Ma’rifatparvar shoir uni o‘z uyida – hozirgi mirobod tumanida tayyorlab, chop etdi. Bu juda mashaqqatli ish edi. O‘zingizga ma’lum, o‘sha vaqtda gazetalar hozirgidek avtomat dastgohlarda emas, qo‘lda bosilardi, sahifalar kompyuterda terilmas, balki yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida shakllan tirilardi. Gazetaning har bir soni ana shunday zahmat bilan tayyorlanar edi. Abdulla Avloniy ma’rifat yo‘lida har qanday meh nat va mashaqqatni yengib o‘tgan bobolarimizdan biri edi. Keyinchalik «Shuhrat», 1908-yildan nashr etila boshlagan «osiyo» gazetasi ham yopilgach, Abdulla Avloniy mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug‘ullana boshladi. Abdulla Avloniy ochgan maktab o‘z davrining yangi usuldagi ilg‘or maktablaridan biri edi.

Abdulla Avloniy o‘z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug‘ullandi. 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1913- yilda «turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish va hokazolardan iborat edi.

A. Avloniy jamiyat qoshida «turon» nomli teatrni ham tashkil etdi. O‘zining e’tiroficha, o‘ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o‘zbekchaga tarjima qildi, 3 ta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi.

Abdulla Avloniy xalqni ma’rifatga undashning o‘zi kifoya emasligini yaxshi bilgan, shuning uchun ham u yuqorida eslatib o‘tganimizdek, yangi uslub maktabini ochib, bu maktabda o‘zi bolalarni o‘qitadi. Shu maktab uchun «birinchi muallim» (1909), «ikkinchi muallim» (1912), «turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), «maktab gulistoni» (1916), shuningdek, olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909–1916) singari darslikl ar, alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi.

Ushbu kitoblar bolalar yoshi va saviyasiga mosligi, o‘quvchilarni tezroq savodxon qilishga yo‘naltirilganligi bilan zamonasining boshqa ta’limiy kitoblaridan ajralib turadi. Keyinchalik ushbu kitoblar toshkentdagi barcha yangi usul maktablari uchun qaytaqayta nashr qilindi. Bundan tashqari, u o‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib, nashr ettirdi. Unda o‘z davridagi ko‘plab o‘zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi.

A. Avloniy 1919–1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishladi. So‘ng umrining oxirigacha o‘rta osiyo davlat universitetida dars berdi.

Abdulla Avloniy 1927-yilda «mehnat qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. 1930-yilda «o‘zbekiston xalq maorifi zarbdori» unvoni  berildi.

Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda vafot etdi.


  1. Abdulla Avloniy hayoti va ijodini gapirib bering.
  2. Avloniyning matbuot va gazetchilik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
Previous article“Аyol bоrki оlаm munаvvаr” mаvzusidаgi bаyrаm
Next articleVatanni Suymak