Qo’sh tuzlar nomeklaturasi va olinishi

0

Qo’sh tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari har xil metal bilan almashinganda hosil bo‘lgan murakkab moddalar. Masalan: KAl(SO4)2, KCr(SO4)2, (NH4)2Fe(SO4)2 va h.k. Qo‘sh tuzlarni nomlash: avval valentligi katta metall nomi keyin valentligi kichik metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga kislota qoldig‘ nomi qo‘shib aytiladi. Ular achchiqtoshlar ham deyiladi. Masalan: KAl(SO4)2 – alyuminiy kaliy sulfat, KCr(SO4)2 – xrom (III) kaliy sulfat, (NH4)2Fe(SO4)2 – temir (II) ammoniy sulfat yoki KAl(SO4)2 *12H2O – alyuminiy kaliyli achchiqtosh, KCr(SO4)2* 6H2O – xrom kaliyli achchiqtosh, (NH4)2Fe(SO4)2 *12H2O – temir ammoniyli achchiqtosh va h.k.

 Olinishi:

  1. Qo‘sh tuzlar ayrim tuzlarning o‘zaro birikishi hisobiga hosil bo‘ladi.

2KJ+HgJ2=K[HgJ4]

3KCl+CrCl3=K3[CrCl6]

K2SO4+ Al2(SO4)3=2KAl(SO4)2

3(NH4)2SO4+ Cr2(SO4)3=2(NH4)3Cr(SO4)3

 2.Agar ko‘p asosli kislotaga ikki xil asos ta‘sir ettirilganda qo‘sh tuzlar hosil bo‘ladi.

H3PO4+2KOH+NaOH=K2NaPO4+3H2O

2H2SO4+KOH+Al(OH)3=KAl(SO4)2+4H2O

 3.Agar ko‘p kislotali asosga ikki xil kislota ta‘sir ettirilsa qo‘sh yoki aralash tuz hosil bo‘ladi.

Ca(OH)2+HCl+HClO=CaClOCl yoki CaOCl2

Previous articleAsosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi
Next articleKompleks tuzlar