Abdulla Oripov hayoti va ijodi

0

Abdulla Oripov (1941-yilda tugilgan – 2016). Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko’p ko’rgansiz. O’zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz g’alabaga erishganda, har safar bayrog’imiz ko’tarilganida, madh iyamiz yangraganini g’urur va iftiхor bilan kuzatgansiz. Faqat tantan alarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u – bizning davlatimiz, mustaqilligimiz ramzidir. U – dunyodagi qanc hadan qancha mamla katlar orasida tengma-teng yashab kelay otganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so’zlari muallifini bilas izmi? Uni atoqli shoirimiz abdulla oripov yozgan.

Abdulla Oripov – bugungi o’zbek adabiyotining zabardast vakil lari dan. Mashhur shoir, tarjimon, o’zbekiston Qahramoni.

Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati koson tumanin ing neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Otasi orif bobo ko’pni ko’rgan, do nish mand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko’p yillar rahbar bo’lib kelgan, so’z ni topib so’zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o’g’lining shon-shuhratini ko’rib vafot etdi. Onasi Turdi karvon qizi shoir tabiat, хalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o’g’lining birinchi kitobini ko’rib ketdi. Ehtimolki, ab dullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg’ular uning «onajon» she’rida juda samimiy ifodalangan. So’ngroq shoir shu nomda butun bir kitob ham yozdi.

Bo’lajak shoir neko’zdagi o’rta maktabda o’qidi. Ta’lim-tarbiyas ida oila muhitining ta’siri katta bo’ldi. To’rt aka-ukaning hammasi adabiyot muхl isi edi. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o’quv yurtlarida o’qishar, uyida yaхshi kitoblar ko’p bo’lar edi. She’rga, kitobga mehr abdullada maktab yoshida paydo bo’ldi. Dastlabki she’rlari o’quvchiligida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo’lishdi.

Abdulla Oripov 1958-yilda o’rta maktabni bitirib, Toshkentga keladi va hozirgi o’zbekiston milliy universitetining filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetn ing jurnalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitt i kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnik iga o’хshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o’хshatish – manzaralar, dadil хulosalar birdan hammaning diqqatini o’ziga jalb etadi. Unga o’z davrining eng mashhur adiblari, masalan, abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.

So’ng Abdulla oripovning o’nlab kitoblari nashr etildi. Buyuk italyan shoiri dantening «ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi. Amir Temur haqida «Sohibqiron» nomli drama yozdi. O’z asarlari bilan хalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi. Ayni paytda qanchadan qancha she’rlari хorijiy tillarga tarjima qilindi. Yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovruq qozondi. Uni xx asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar.

Bugun Abdulla oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: «O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi» matni muallifi, o’zbekiston хalq shoiri. Alisher navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. 1998-yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo’lib «o’zbekiston Qahramoni» faхriy unvoni bilan taqdirlangan.


O’zbekiston (qasida)

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam, chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
«Musallo», – deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovruq soldi ustoz olimjon.
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tariх – qadamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!


  1. abdulla oripovning hayot yo’li haqida so’zlab bering.
  2. Shoirning qanday asarlarini bilasiz?
Previous articleСўфий психологияси ёки ҳол
Next article«O’zbekiston» qasidasi haqida