Ta’lim olish huquqi. Таълим олиш ҳуқуқи / хукуки.
O’zbekiston Respublikasida har bir inson bilim olish huquqiga ega- dir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish imkoniyati mavjud. Bu mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolatlangandir.
| Asosiy qonun belgilaydi Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda. |

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi Farmonida quyidagilar belgilab qo’yilgan: 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi. 2018/2019 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshiriladi.
3-topshiriq
1-vaziyat.
Ko’plar har bir odam uchun majburiy bo’lgan o’rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi shart emas, umumiy o’rta ta’lim ham kifoyadir, deb hisoblashadi. Go’yo, hech qanday ma’lumotsiz ham binoyidek ishlab pul topish mumkin emish. Siz bunga qanday qaraysiz?
2-vaziyat.
Kimda bilim ko’p bo’lsa, egallagan bilimini hayotda qo’llay olsa, unga talabgor ko’proq bo’ladi va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari ko’p bo’ladi, degan fikrni ma’qullaysizmi?
3-vaziyat.
Nima deb o’ylaysiz, maktabni tugatgach, qaysi fanlar ko’proq asqatadi?
Batafsil >> Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)








