Asqad Muхtоr Tug‘ilish she’ri

0

Асқад Мухтор Туғилиш шеъри. Asqad Muхtоr Tug‘ilish she’ri. Аскад Мухтор Тугилиш шеъри.


Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi,
Keyin ko‘k ochilib, yog‘di yulduzlar.
Yerdan hovur ko‘tarildi хuddi
Qimirlagan kabi zimdan ildizlar.

Kimgadir muqaddas bir zum yaqinladi,
Qorovul o‘chirdi so‘nggi fonarni.
Iyul quyoshining ilk yolqinlari
Yaproqlarga sachrab yonardi.

Yer yosh: sofl ik jimirlatar etin,
Zoriqqan g‘unchalar ochildi bog‘da.
Panjaradan oshib chiqib ketdi
Maysalarda yurgan yashil shabboda.

Eshikdan eshikka yugurib yelardi,
Suyunchi so‘rardi, suyunchi.
U go‘yo taqdirni olddan bilardi,
Go‘yo yo‘q dunyoning g‘ami, kuyunchi.

Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib …
Ichkarida esa oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib.

Asqad Muхtоr hayoti va ijodi >>

Asqad Muхtоr Yo‘l she’ri

Yulduzim she’ri


Savol va topshiriqlar:
  1. «Yerdan hovur ko‘tarildi хuddi Qimirlagan kabi zimdan ildizlar» satrlarida hovurning yer ostidagi ildizga o‘хshatilishi nechog‘liq hayotiyligini izohlang.
  2. Yaproqlarga sachrab yonayotgan quyosh yolqinlari ifo-dasi dagi shoir mahoratini sharhlang.
  3. Etning sofl ikdan jimirlashini qanday tushunasiz? Shab-bodani shoir nima uchun yashil rangda tasvirlamoqda?
  4. Shabbodaning panjara oshib chiqib ketishi, eshikma-eshik suyunchi so‘rab yugurib-yelishining sababini izohlang, tas vir dagi badiiyatni sharhlang.
  5. Oq choyshabda jilmayib yotgan jahonning umidi to‘g‘ri-sidagi mulohazalaringizni bildiring.
  6. She’rni yod oling.
Previous articleAsqad Muхtоr Yo‘l she’ri
Next articleAsqad Muхtоr she’rlari – Асқад Мухтор шеърлари