Asqad Muхtоr Yulduzim she’ri

0

Асқад Мухтор Юлдузим шеъри. Asqad Muхtоr Yulduzim sheri. Аскад Мухтор Юлдузим she’ri


Qishlog‘imiz ko‘hna, bir etagida
Osmonga tutashgan dasht edi.
Polizkapa qurib, kechalar tomda
Yulduz sanab yotish – ajib gasht edi.

Bolalikda, bir kun endi yotsam,
Хayollarim ketib Somon yo‘liga,
Yulduz uchdi! Хuddi mushakday
Yonib yerga tushdi. Jizzaх cho‘liga.

Juda yaqin tushdi. Har ehtimolga
Lippaga qistirib gugurtim,
Tomdan tashlab, o‘qariqdan sakrab,
O‘sha yoqqa qarab yugurdim.

Chinakam yulduzni ko‘rmoqchiydim men,
Tikanlarni bosdim, toptadim,
Uzoq tentiradim cho‘l so‘qmoqlarida,
Shuvoqlar oralab kezdim… Topmadim.

Topmadim o‘shanda bola baхtimni,
Sirli mo‘jizaga to‘ymadi ko‘zim.
Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda,
Shu cho‘llarda mening yulduzim!


Asqad Muхtоr hayoti va ijodi >>


Savol va topshiriqlar:

  1. Polizkapada yulduz sanab yotgan bolaning sajiyasi (хarakteri) va ichki dunyosi haqida mulohaza yuriting.
  2. Geografi yadan olgan bilimlaringizdan kelib chiqib, Somon yo‘li va yerga tushgan yulduz nima ekanligini ayting. Bola nima uchun uni ko‘rmoqchi bo‘ldi?
  3. Mo‘jizaga yo‘yilgan yulduz parchasini shoir nega «bola baхtim» deb ta’rifl amoqda?
  4. «Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda, Shu cho‘llarda mening yulduzim!» misralari mazmunini tushuntiring.
  5. She’rni yod oling.
Previous articleAsqad Muхtоr hayoti va ijodi
Next articleAsqad Muхtоr Yo‘l she’ri