Asqad Muхtоr she’rlari – Асқад Мухтор шеърлари

0

Асқад Мухтор шеърлари. Asqad Muхtоr she’rlari. Asqad Muxtor sherlari.


O‘zimniki emas bu umr,
To‘la menikimas, sezib turibman.
Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir,
Men uning uchun ham yashab yuribman.
O‘zimniki emas. O‘rtada baham
Achchiq-chuchugi-yu, guli, mevasi.
Yengil-yelpi o‘tsa umrdan bir dam,
Rozi-rizo bo‘lmas egasi.


Bir tup o‘rik
Yakka o‘sgan ekan:
Yolg‘iz tomoqmasmi – rosa unibdi.
Bodroq-bodroq bo‘lib gullaganida
Ko‘lankasi bilan do‘st tutinibdi.

Soya dam o‘ngga-yu, dam chapga o‘tib,
Dam cho‘zilib yotib,
Dam bo‘lib tikka:
– Mendan ham sodiqroq do‘st topolmaysan,
Sensiz men ham yo‘qman, – derkan o‘rikka…

Bir kun qarasa – Soya yo‘q emish.
(Bulut kuni uni izlash – kulgili).
Yomg‘ir ham quyibdi – do‘sti hamon yo‘q…
Yerga yakson bo‘pti o‘rikning guli.

Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi?
Laqqa tushibsan-da lof ursa.
Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda
Yoningda tursa…


Qishlog‘imiz ko‘hna, bir etagida
Osmonga tutashgan dasht edi.
Polizkapa qurib, kechalar tomda
Yulduz sanab yotish – ajib gasht edi.

Bolalikda, bir kun endi yotsam,
Хayollarim ketib Somon yo‘liga,
Yulduz uchdi! Хuddi mushakday
Yonib yerga tushdi. Jizzaх cho‘liga. Yulduzim she’ri >>


Asqad Muхtоr hayoti va ijodi

Asqad Muхtоr Yo‘l she’ri

Asqad Muхtоr Tug‘ilish she’ri

Previous articleAsqad Muхtоr Tug‘ilish she’ri
Next articleShe’r vaznlari (adabiyot)