Avaz O’tar sherlari (maktab she’ri)

0

Avaz O’tar maktab she’ri, Аваз Ўтар мактаб шеъри, Аваз ўтар ғазаллари


Avaz himmatni qil oliy ocharg’a emdi maktabkim,
Baloi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.


Fidoyi xalqim bo’lsun tanda jonim,
Bo’lub qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.

Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.


Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

G’ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g’ayrat eting, foida kondur.

Ilm-u fan uyig’a yuboringlar bolangizni,
Onda o’qug’onlar bori yaktoyi zamondur.

Zor o’lmasun onlar dog’i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag’ri to’la qondur.


Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O’qusin yoshlarimiz ko’nglini shod etgusi maktab.

Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,
Nedinkim, bizni g’am qaydidin ozod etgusi maktab.

Ko’ngullarning sururi, dog’i ko’zlar nuridur farzand,
Alarning umrini, albatta, obod etgusi maktab.

Ota birla onaga farz o’qitmoq bizni majburiy –
Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.

Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,
Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.

Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,
Aro’si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.

Avaz, himmatni qil oliy ocharg’a emdi maktabkim,
Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.


Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,
Bo’lub qurbon anga ruhi ravonim.

Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.

Mani solsa fano yo’liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.

Umidim: yashasin maktab bolasi,
Alar har biri bir sheri jayonim.

Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.


Biling, ushbu zamon g’amnokidurman,
Kuyib o’rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman.

Avaz O’tar

Previous articleAvaz O’tar hayoti va ijodi
Next articleBiologiya – hayot haqidagi fan