Biologiya sohalari. Biologiya – tiriklik, hayot haqidagi fan. Yunoncha «bios» – hayot, «logos» – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
O‘rganish obyektiga ko‘ra biologiya bir qancha sohalarga bo‘linadi:
- botanika – o‘simliklar haqidagi fan;
- zoologiya – hayvonlar haqidagi fan;
- mikologiya – zamburug‘lar haqidagi fan;
- mikrobiologiya – kichik jonzotlarni o‘rganuvchi fan;
- sitologiya – hujayra haqidagi fan;
- anatomiya – tirik organizmning ichki tuzilishini o‘rganadi;
- sistematika – tirik organizmlarni o‘xshash belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o‘rganuvchi fan;
- fiziologiya – tirik organizmda boradigan jarayonlarni o‘rganadi;
- genetika – irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi fan;
- ekologiya – tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi (1- rasm).

Biologiya fanining ahamiyati
Biologiya fanining ahamiyati. Odamzod qadimdan dehqon- chilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib keladi. Agar u o‘simliklarning tuzilishi va xususiyatlarini yaxshi bilsa, mo‘l hosil oladi, yaxshi daromadga ega bo‘ladi. Chorvachilikda ham hayvonlarni qanday boqish, ularda uchraydigan kasalliklarni bartaraf qilish choralarini yaxshi bilsa, qo‘y va mollari ko‘payib, ko‘plab go‘sht va teri mah- sulotlarini olishi mumkin.
Odam organizmining ichki va tashqi tuzilishi, unda uchraydi- gan kasalliklarni bilish orqali sog‘lom turmush tarziga amal qi- lishni o‘rganish mumkin. Sog‘lom bo‘lishning muhim shartlaridan biri to‘g‘ri ovqatlanishdir. Mutafakkir olimlarimizdan biri Abu Nasr Forobiy «turli kasalliklar ovqatlanish tartibining buzilishidan kelib chiqadi» degan fikrni bildirgan. Biz iste’mol qiladigan meva va sabzavotlar tarkibida organizmimiz uchun zarur turli vitaminlar va mineral moddalar mavjud. Ularning tuzilishi va organizmga ta’sirini o‘rganishda bizga biologiya fani yordam beradi.
Tibbiyot sohasida dorivor o‘simliklardan, hayvonlar zaharidan foydalanib, turli kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun dorivor o‘simliklarni zaharlilaridan ajrata olish, hayvon zaharlarini kerakli miqdorda ishlata olish muhim. Hozirgi kunda shamollash va asab sistemasi kasalliklarini davolashda mutaxassislar tomo- nidan asalari zahari, qoraqurt zahari, ayniqsa, ilon zaharidan foydalaniladi.
Odam doimo tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatib keladi. Masalan, tabiiy boyliklardan foydalanadi, ekinzorlarni sug‘oradi, qurilish ma- teriali sifatida daraxtlarni kesadi, zararkunandalarga qarshi dori se- padi. Biologiya fanini bilish orqali odamning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish mumkin.
Biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘ zbek olimlari. O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanishiga his- sa qo‘shgan olimlarimiz juda ko‘p. Jumladan, akademik Yolqin Xolmatovich o‘raqulov qalqonsimon bez faoliyatini o‘rgangan. U osh tuziga yod qo‘shish orqali buqoq kasalligini oldini olish usulini ishlab chiqqan. Akademik Jahongir Hakimovich Hamidov sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan. Jo‘ra Azim- boyevich Musayev – akademik, genetik olim. Dunyoda birinchi bo‘lib g‘o‘za kolleksiyasini yaratgan. Muhsin Nabixonovich Vali- xonov – b.f.d., professor, g‘o‘za fiziologiyasini o‘rgangan. Mash- hura Egamovna Mavloniy – akademik, mikrobiologiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan. O‘rta Osiyoda ilk bor sa- noat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Jaloliddin Azimovich
Azimov – akademik, zoologiya sohasida hay- von parazitlarini o‘rgangan. To‘raxon Uzoqovna Rahimova – professor, botanik- ekolog olima. O‘zbekistondagi cho‘l va adir o‘simliklarining ekologiyasini aniqlagan. O‘ktam Pratovich Pratov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, b.f.d., professor, Turon Fanlar akademiyasi akademigi, botanika fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim. Bu va boshqa ta- niqli o‘zbek olimlari o‘z fanlarining yetuk mutaxassislari bo‘lish bilan birga, ko‘plab shogirdlar yetishtirishgan, o‘z sohalari bo‘yicha ko‘plab il- miy maqolalar, kitoblar yozishgan.
Aziz o‘quvchi, siz ham yaxshi o‘qisangiz, ilm-fanga qiziqsan- giz, shu olimlarimiz singari yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingiz, dunyo biologiya fani rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkinligiga ishonamiz.