Bakteriyalar dunyosi

0

Bakteriyalarning tuzilishi. Bakteriya turlari, Achituvchi bakteriyalar. Chirituvchi bakteriyalar, Tugunak bakteriyalar. Parazit bakteriyalar. Бактерияларнинг тузилиши. Бактерия турлари, Ачитувчи бактериялар. Чиритувчи бактериялар, Тугунак бактериялар. Паразит бактериялар.


Bakteriyalarning tuzilishi. Bakteriyalar ko’zga ko’rinmas, kichik organizmlar bo’lib, ularni mikroskop yordamida kuzatish mumkin. Bakteriyalarni mikrobiologiya fani o’rganadi. Mikrobiologiya laboratoriyalarida bakteriyalarni o’rganish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: steril sharoitda Petri idishchasidagi oziqa mu- hitiga bakteriya ekib, ko’paytiriladi. Bakteriya tez ko’payib, ko’zga ko’rinadigan koloniya hosil qiladi. Keyin ulardan mikropreparat tayyorlab, mikroskopda tekshiriladi (18- rasm).

18-rasm. Bakteriyani laboratoriya sharoitida ko’paytirib o’rganish; a – bakteriyani oziqa muhitiga ekish; b – Petri idishchasida bakteriyani o’stirish; c – bakteriya mikropreparatini mikroskopda ko’rish
18-rasm. Bakteriyani laboratoriya sharoitida ko’paytirib o’rganish; a – bakteriyani oziqa muhitiga ekish; b – Petri idishchasida bakteriyani o’stirish; c – bakteriya mikropreparatini mikroskopda ko’rish

Tashqi tuzilishiga ko’ra bakteriyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • sharsimon – kokk;
  • tayoqchasimon – batsilla;
  • buralgan – vibrion va spirilla (19- rasm).
19-rasm. Bakteriyalarning tashqi tuzilishi: 1 – kokk; 2 – batsilla; 3 – spirilla.
19-rasm. Bakteriyalarning tashqi tuzilishi: 1 – kokk; 2 – batsilla; 3 – spirilla.

Bakteriyalar ancha sodda tuzilgan. Ularning yadrosi bo’lmaydi, shunga ko’ra prokariot organizm deyiladi. Qulay sharoitda, ya’ni oziqa va harorat yetarli bo’lganda bakteriyalar har 20–30 daqiqada bo’linib ko’payadi. Bakteriyalar noqulay sharoitda zichla shib, qalin qobiq bilan o’ralib spora hosil qiladi. Bakteriya sporasi + 140oC … –253 oC ga bardosh bera oladi. Bakteriya spora holida uzoq yillar saqlanib qolishi, qulay sharoit kelishi bilan hayotini davom ettirishi mumkin.

Bakteriya turlari. Bakteriyalarning foydali va zararli turla- ri mavjud. Foydali bakteriyalarga achituvchi bakteriyalar, tugunak bakteriyalar va chirituvchi bakteriyalar kiradi.

Achituvchi bakteriyalardan sut- qatiq mahsulotlari olishda, si- los bostirishda, teri oshlashda, tuzlama tayyorlashda keng foydalaniladi. Masalan, qatiq tayyorlashda sutga tomizg’i solinadi. Tomizg’i – bu sut tarkibidagi uglevodlarni parchalab, sutkislotaga aylantiruvchi bakteriyalar yig’indisi hisoblanadi. Tuzlama tayyorlashda sabzavotlar solingan idishga tuzli suv quyiladi. Sab- zavotlar sirtida mavjud bo’lgan achituvchi bakteriyalar sho’r mu- hitda ko’payib, glyukozani sut kislotaga aylantiradi va sabzavotlar chirishining oldini oladi.

Chirituvchi bakteriyalar yer yuzining sanitarlari hisoblana- di. Chunki ular o’lik qoldiqlarini chiritib, yer yuzini tozalaydi. Ko’milgan qoldiqlarni  ham tuproqdagi chirituvchi bakteriyalar parchalab yuboradi. Ba’zan chirituvchi bakteriyalar oziq- ovqatlar- ni, san’at asarlarini chiritib, yaroqsiz holatga keltirishi bilan zarar keltiradi.

Tugunak bakteriyalar dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi o’simlik- lar ildizida simbioz (hamkorlikda) yashaydi. Ular atmosferadagi erkin azotni o’zlashtirib, o’simliklarga yetkazib beradi, o’simliklar esa bakteriyalarni oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Ularning hamkorligi har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Tuproqni azotga boyi- tishda bedadan keng foydalaniladi.

Parazit bakteriyalar tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi. Parazit bakteriyalar odamda sil, vabo, o’lat, ichburug’, qoqshol kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yuqumli kasalliklarning yoppasiga tarqalishi epidemiya deyiladi. Epidemiyaning oldini olish uchun karantin e’lon qilinadi, ya’ni odamlarning to’planishi, bemor oldiga ko’pchilikning kirib- chiqishi taqiqlanadi. Bemorning idish- tovoqlari, sochig’i alohida tutiladi  va bakteriyalardan tozalovchi moddalar  yordamida yuviladi. Kasal bo’lmaslik uchun gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin doimo qo’lni sovun- lab yuvish zarur.

Ayrim o’simliklar bakteriyalarga qarshi fitonsid modda ajratadi. Masalan, archa, terak o’zidan ajratgan fitonsid modda bilan havo- ni zararli bakteriyalardan tozalaydi.

Bakteriyalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Insonlar foydali bakteriyalardan amaliyotda foydalanadi, zararlilariga qarshi kurashadi.


  • kokk
  • spirilla
  • fitonsid
  • batsilla
  • epidemiya

  1. Bakteriyalar nima maqsadda o’rga- niladi?
  2. Tashqi tuzilishiga ko’ra qanday bak- teriyalarni bilasiz?
  3. Bakteriyalar qanday foyda keltiradi?
  4. Bakteriyalar ta’sirida qanday kasal- liklar kelib chiqadi?
  5. Kasallikning yoppasiga tarqalishi nima deb ataladi?
  6. Fitonsid qanday modda?
Previous articleYulduzli Tunlar (Bobur) (romandan parcha, Pirimqul Qodirov)
Next articleJinsiy aloqa. Urug’ (sperma) sifatini oshirish mahsulotlar, dorilar, urug’ni ko’paytirish uchun tavsiyala