Tirik organizmlarning xususiyatlari

0

Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy xu- susiyatlarga ega:

1. Moddalar almashinuvi – metabolizm ikki xil jarayonning yig‘indisi: 1) assimilyatsiya – sintez reaksiyalari, masalan, oqsil biosintezi, fotosintez. Bu jarayonda energiya sarflanadi; 2) dissi- milyatsiya – parchalanish reaksiyalari, masalan, ovqat hazm qilish sistemasida oqsil, yog‘, uglevodlarning o‘z tarkibiy qismlarigacha parchalanishi. Bunda energiya hosil bo‘ladi.

2. Oziqlanish – tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘ linadi: 1) avtotrof – bunga o‘z oziqasini o‘zi sintezlaydigan yas- hil o‘simliklar va ayrim bakteriyalar misol bo‘ladi; 2) geterotrof – tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar. Ularga ko‘pchilik bakteriyalar, zamburug‘ va hayvonlar kiradi (3- rasm).

3. Nafas olish – ko‘pchilik tirik organizmlar kislorod yutib, karbonat angidrid ajratadi. Quruqlikda yashovchi organizmlar atmosferadagi kislorod, suvda yashovchi organizmlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.

O‘simlikning avtotrof (a) va hayvonning geterotrof (b) oziqlanishi.
2-rasm. O‘simlikning avtotrof (a) va hayvonning geterotrof (b) oziqlanishi.

4. Ayirish – organizm uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarni tash- qariga chiqarish. Masalan, karbonat angidrid, mochevina, ortiqcha tuzlar organizmdan chiqarib yuboriladi.

5. Ta’sirlanish – tirik organizmga biror narsa bilan ta’sir o‘tkazilsa, qo chish, qisqarish bilan javob qaytaradi. Masalan, tip- ratikanga qo‘l tekkizilsa, yumaloqlanib oladi. Uyatchan mimoza barglariga qo‘l tekkizilganda, barglari yumiladi.

6. Harakatlanish – ko‘pchilik hayvonlar faol bo‘lib, tez yugurish (yoki yurish, uchish) orqali dushmandan qochadi yoki ozuqa ko‘p joyga boradi; o‘simliklarda passiv, barglarini yorug‘lik- ka intilishi, kungaboqar gulining quyoshga burilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

7. Ko‘ payish – tirik organizmning o‘zidan nasl qoldirishi bo‘lib, jinssiz va jinsiy usulda amalga oshadi. Jinssiz ko‘payish bitta or- ganizm ishtirokida boradi va ikkiga bo‘linish, kurtaklani sh yoki sporalar yordamida ko‘payish hamda boshqa usullar yordamida amalga oshadi. Jinsiy ko‘payishda ikkita organizm ishtirok etadi, irsiy axborot almashinadi. Jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi hu- jayralar gametalar deyiladi.

8. O‘sish va rivojlanish. Har qanday tirik organizm o‘sadi va rivojlanadi. O‘sish – bu tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ortish, rivojlanish esa sifat jihatdan o‘zgarishdir. Masa- lan, urug‘dan ekilgan o‘simlik kattalashib boradi, ya’ni o‘sadi. Shu bilan birga o‘zgarib poyasi yo‘g‘onlashadi, barglari yoziladi va gul- lab meva beradi, ya’ni rivojlanadi.

Yuqorida keltirilgan belgilarga ega organizmlar tirik organizm deyiladi.

Previous articleBiologiya – hayot haqidagi fan
Next articleBiologiyaning o‘ rganish usullari