So‘zning atash ma’nosi. Сўзнинг / сузнинг аташ маъноси.
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning borliqdagi nimalarni bildirishini ayting.
Gul, daftar, o‘rik, piyoz, qor.
2-topshiriq. Hayvonlarni bildiruvchi o‘nta so‘z yozing. Bu so‘zlarning bir-biridan qanday hayvonni bildirishiga ko‘ra farqlanayotganini ayting.
So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi.
Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi. |
1-mashq. Gapning mazmunidan kelib chiqib, nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘ying va ko‘chiring.
Namuna: Shoshilayotgan odam … yuradi. – Shoshilayotgan odam tez yuradi.
1. … manzarani ko‘rib ko‘z quvnaydi. 2. Sumalak – xushxo‘r va tansiq … . («O‘zbek taomlari»dan) 3. Qadim zamonda Chin mamlakatida bir ulug‘ xoqon … ekan. (Navoiy)
2-mashq. Quyida berilayotgan so‘zlarning atash ma’nolarini izohlang.
Yugurmoq, bino, kollej, yashil, beshinchi, kutmoq, baland, uchta, qalam, javob bermoq, chiroyli, sakramoq, sakkiz, ikki, quvnoq, aytmoq, o‘n ikki, deraza, o‘ntacha.
Savol va topshiriqlar
- Atash ma’nosi deb qanday ma’noga aytiladi?
- Qanday so‘zlar atash ma’nosiga ega?
- Oltita mustaqil so‘z yozib, ularning atash ma’nolarini ayting.